Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining yangi ko‘rinishi

Xalqaro muzeylar kuniga bag‘ishlangan, muzeylarni o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan tahririyatning yangi loyihasi.

18-may — xalqaro muzeylar kuni. Aynan shu bugun biz o‘zimizning, poytaxtimizdagi va respublikamizning boshqa qismlaridagi muzeylar hayotidagi qiziqarli onlarni, eksponatlar tarixini o‘z ichiga olgan foto-maqolalar turkumini ochishga qaror qildik.

Toshkentning eng ko‘zga ko‘ringan muzeylaridan biri bu Toshkent temir yo‘l texnikalari muzeyi desak adashmagan bo‘lamiz. Bu muzey xalqimiz orasida «parovozlar muzeyi» nomi bilan mashhur. Muzeyda temir yo‘l tarixi rivojlanishining har bir bosqichi ko‘z oldimizda gavdalanadi. Barcha muzey bilan tanishmoqchi bo‘lgan fuqarolar har seshanba va juma kunlari bu ishni butunlay bepul amalga oshirishlari mumkin. Haftada ikki kun muzeyda ochiq eshiklar kuni deb e‘lon qilingan.

Margarita Urmantseva

18 May 2015

  4965     0

Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining yangi ko‘rinishi. Фото №1

© Сергей Ким

Kunlar qizishi bilan mamlakatimizda turistlar mavsumi ochiladi. Davlatimizga kelgan mehmonlarni kutib olganimizda birinchi eshitadigan savolimiz «qayerga borsak bo‘ladi?» Aksariyat hollarda biz ularni o‘zbek palovi, somsasi va boshqa shu kabi hayotga kaloriyali zavq beruvchi taomlarni ta‘tib ko‘rishga yetaklaymiz.
Aytingchi, siz necha marta bunday mehmonlarni muzeylarga taklif qilgansiz?
Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining yangi ko‘rinishi. Фото №2

© Сергей Ким

Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining yangi ko‘rinishi. Фото №3

© Сергей Ким

Toshkentda yigirmadan ortiq muzey va ko'rgazma zallari faoliyat ko‘rsatadi. Bizning fotosuratlardagi madaniyatimiz haqidagi qissani eng yorqin, o‘ziga xos va nihoyatda ajoyib bo‘lgan temir yo‘l texnikasi muzeyidan boshladik.
Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining yangi ko‘rinishi. Фото №4

© Сергей Ким

Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining yangi ko‘rinishi. Фото №5

© Сергей Ким

Toshkentdagi Temir yo‘l texnikasi muzeyiga 1989 yil salkam o‘ttiz yil avval asos solingan. O‘zbekiston va boshqa davlatlar o‘rtasidagi temir yo‘l aloqasi esa 1889 yilda ochilgan.
Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining yangi ko‘rinishi. Фото №6

© Сергей Ким

Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining yangi ko‘rinishi. Фото №7

© Сергей Ким

Shuni aytib o‘tish kerakki, Toshkentdagi temir yo‘l texnikasi tarixi muzeyi, butun dunyo temir yo‘l profilidagi texnik muzeylari xalqaro assotsiatsiyasi tarkibiga kiradi. Muzeyda mavjud eksponatlar tanlovi bo‘yicha esa bunday muzeylar orasida eng qiziq muzeylar sarasiga kiradi.
Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining yangi ko‘rinishi. Фото №8

© Сергей Ким

Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining yangi ko‘rinishi. Фото №9

© Сергей Ким

Biz uchun achinarlisi shu bo‘ldiki, borgan sari muzeyga tashrif buyuruvchilar soni kamayib ketmoqda. Yoki yoshlarning qiziqishi kamligi yoki muzeydagi eksponatlarning sodda ko‘rinishda taqdim etilishi bunga sabab bo‘lmoqda.
Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining yangi ko‘rinishi. Фото №10

© Сергей Ким

Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining yangi ko‘rinishi. Фото №11

© Сергей Ким

Muzey ma0muriyati tomonidan ochiq eshiklar kunlarini tashkil etish qarori qabul qilingan. Har seshanba va juma kunlari mehmonlar muzeyga bepul kirish va bir asrlik yoshni qoralagan mashinalarni qo‘llari bilan ushlab ko‘rish imkoniyatiga egalar.
Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining yangi ko‘rinishi. Фото №12

© Сергей Ким

Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining yangi ko‘rinishi. Фото №13

© Сергей Ким

Muzeyning asl fahri bo‘lib, paravozlarning tarixiy seriyasi hisoblanadi. Seriyada 13 ta parovoz modeli bo‘lib, ularning eng birunchisi Markaziy Osiyo temir yo‘lida yurgan birinchi parovozdir. Shuningdek, muzeyda Ikkinchi Jahon urushi davrida olmon askarlaridan olingan «o‘lja» parovoz ham bor.
Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining yangi ko‘rinishi. Фото №14

© Сергей Ким

Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining yangi ko‘rinishi. Фото №15

© Сергей Ким

Shuningdek muzey hisobida 18 xil teplovoz va 2 ta elektrovoz, vagonlar, o‘tgan asrlarda qo‘llangan remont-qurilish texnikasi mavjud.
Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining yangi ko‘rinishi. Фото №16

© Сергей Ким

Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining yangi ko‘rinishi. Фото №17

© Сергей Ким

Barcha istovchilar uchun muzeyda ekskursiya poezdi harakat qiladi. Muzey xodimlarining aytishicha, ko‘proq mehmonlarni jalb qilish uchun bu poezdning narxi arzonlashtirilgan. Yoqilg‘i va mashinist xizmatlarini oqlash uchun barcha yo‘lovchilardan 32 ming so‘m to‘plash lozim bo‘ladi. Bu holatda yo‘lovchilar soni 10, 20 yoki undan ko‘p bo‘lishi mumkin.
Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining yangi ko‘rinishi. Фото №18

© Сергей Ким

Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining yangi ko‘rinishi. Фото №19

© Сергей Ким

Muzeyning o‘ziga xosligi shundaki, har bir parovoz , teplovoz yoki boshqa texnika modeli o‘zining «haqiqiy» hayotiga ega bo‘lgan va O‘zbekiston temir yo‘llarida o‘z «yo‘lini» qoldirgan.
Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining yangi ko‘rinishi. Фото №20

© Сергей Ким

Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining yangi ko‘rinishi. Фото №21

© Сергей Ким

Biz bilan birga muzeyga, muzeylarga bo‘lgan etiborning susayib ketganiga etibor qaratishni istagan qator poytaxtlik «mobilograf"lar muzeyni ziyorat qilishdi. Ular o‘ziga xos kadrlar qidirib muzeyni ipidan ignasigacha o‘rganib chiqdilar.
Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining yangi ko‘rinishi. Фото №22

© Сергей Ким

Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining yangi ko‘rinishi. Фото №23

© Сергей Ким

Afsuski, vagon-muzey restavratsiya qilinayotgan ekan. Umid qilamizki, muzeyga keluvchilar sonining ko‘payishi remont ishlarini tezlashishiga sabab bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, aynan vagon-muzey ichida temir yo‘l xodimlarining maxsus kiyimlari, fahriy yorliqlari, o‘zbek magistralining marshruti bilan tanishish mumkin edi.
Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining yangi ko‘rinishi. Фото №24

© Сергей Ким

Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyining yangi ko‘rinishi. Фото №25

© Сергей Ким

Bugungi kunda muzey «O‘zbekiston temir yo‘llari» DATKga tegishli bo‘lib, Temiryo‘lchilar Markaziy Madaniyat saroyining ijtimoiy-texnik madaniy ob‘ektlaridan biri hisoblanadi.

Izohlar