«​Pantone» 2016 yil rangini e‘lon qildi

Rangli yechimlar ustasi sifatida tan olingan «Pantone» kompaniyasi, kiyingi yilning eng asosiy ikki rangini e‘lon qildi.

Muqova: instagram.com/pantone
3 Dekabr 2015        2082      0       Anetta Tyan

Rang modasining qonunchisi — Pantone, korporatsiyasi, birinchi marta kelayotgan yilning eng asosiy rangi sifatida ikkita rangni tanladi. Yorqin bo‘lmagan ranglarni xush ko‘ruvchilarning omadi chopdi. Nafis-pushti va och-nofarmon ranglar 2016 yil ranglari deb e‘lon qilindi.


Pantone kompaniyasi yilning asosiy ranglarini, jamiyatning ijtimoiy va madaniy hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar, san‘atda va shu jumladan modada qo‘llaniladigan ranglarning u yoki bu tuslaridan kelib chiqqan holda aniqlaydi.

Ma‘lum bir rangning tanlanishi, biz ko‘rayotgan narsani qabul qilishimizni, atrofimizdagi madaniyatda yuz berayotgan voqealarni, bizning kayfiyatimizni va atrof-muhitga munosabatimizni ko‘rsatadi. Birinchi marta Pantone yil rangi sifatida ikkita rangni tanladi. Kompaniya saytida ranglar tanlovini quyidagicha izohlashadi:

«Nafis-pushti rang, „pushti kvarts“ nomi bilan yuritiladi. Pushti rangning bu tusi rahmdillik va o‘zini qo‘lga olish holatini uzatadi».

«Och-naformon rang Pantone ranglar tizimida „isyonlarsiz“ nomini olgan. „Isyonlarsiz“ — bu, bosh uzra bahavo osmonni tasvirlovchi, notinch vaqtda ham osoyishtalik va nafsi to‘qlikni aks ettiruvchi rang».

Pantone yil rangini har yili 2000 yildan boshlab tanlab keladi. Bu yillar oralig‘ida asosiy trend ranglar quyidagilar bo‘lgan:

2000 — Havorang (Cerulean);
2001 — Och qizil (Fuchsia Rose);
2002 — Qizil (True Red);
2003 — Osmon rang (Aqua Sky);
2004 — Yo‘lbarsli liliya (Tigerlily);
2005 — Havorang feruza (Blue Turquoise);
2006 — Qum rang (Sand Dollar);
2007 — Chili qalampiri (Chili Pepper);
2008 — Havorang gulsapsar (Blue Iris);
2009 — Mimoza (Mimosa);
2010 — Feruza rang (Turquoise);
2011 — Shilvi (Honeysuckle);
2012 — Мandatin rang (Tangerine Tango);
2013 — Zumrad (Emerald);
2014 — Yorqin orxideya (Radiant Orchid);
2015 — Marsala (Marsala).


Izohlar