Forbs ro‘yxati: dunyoning eng boy insonlari kimlar?

Bu ro‘yxatdan 1810 ta milliarderlar joy olishgan.

7 Iyun 2016        31142      0

Ro‘yxatdagi raqobat ancha kuchli. Top-20 talikdan atigi ikki kishi o‘z o‘rnini saqlab qola olgan.

Microsoft kompaniyasining asoschisi Bill Geyts, Forbes talqini bo‘yicha har yili o‘tkaziladigan dunyoning eng boy insonlari ro‘yxatining birinchi o‘rnida qoldi.

«Forbes» jurnali bergan ma‘lumotga ko‘ra, dunyo moliyaviy bozoridagi keskin o‘zgarishlar, shu jumladan neft va gaz narxining tushib ketishi — reytingda 2009 yildan buyon ko‘rinmagan sezilarli o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi.

Forbs ro‘yxati: dunyoning eng boy insonlari kimlar?. Фото №1
«Bill Geyts dunyodagi eng boy insonligicha qolmoqda. Uning bisoti — $75 milliardni tashkil etadi. O‘tgan yilgiga nisbatan $4,2 milliardga „kambag‘allashganiga“ qaramay, u ro‘yxatdagi o‘z o‘rnini yo‘qotmadi. Bill Geyts birinchi raqamini uch yil davomida saqlab qoldi va keyingi 22 yil davomida 17 marta ro‘yxatning birinchi o‘rnini egalladi».
Forbs ro‘yxati: dunyoning eng boy insonlari kimlar?. Фото №2
«Zara» savdo belgisining egasi Amansio Ortega, birinchi marta ro‘yxatning ikkinchi o‘rniga ko‘tarildi. U, o‘tgan yili ikkinchi o‘rinda bo‘lgan «America Movil» telekommunikatsion xoldingi egasi — Karlos Slimni to‘rtinchi o‘ringa tushirib yubordi.
Forbs ro‘yxati: dunyoning eng boy insonlari kimlar?. Фото №3
«Berkshire Hathaway» direktorlari kengashi boshlig‘i, invistitsiyalar bo‘yicha daho — Uorren Baffet, $60,8 milliard boyligi bilan uchinchi o‘rinni saqlab qoldi.
Forbs ro‘yxati: dunyoning eng boy insonlari kimlar?. Фото №4
«Amerika Movil» telekommunikatsion xoldingi boshlig‘i Karlos Slimning boyligi, «Grupo Financiero Inbursa» banki va tog‘ qazilmalari chiqaruvchi «Miners Frisko» kompaniyasining aksiyalari narxining keskin tushib ketishi oqibatida $27,1 milr. ga kamaydi.
Forbs ro‘yxati: dunyoning eng boy insonlari kimlar?. Фото №5
2016 yilning boshida ancha qiyinchiliklarni boshidan kechirgan «Amazon» boshlig‘i Djeff Bezosning boyligi, $45,2 milliard va u ro‘yxatning 5-o‘rnini egallagan.
Forbs ro‘yxati: dunyoning eng boy insonlari kimlar?. Фото №6
Newsader nashrining ancha avval bergan xabariga ko‘ra, Mark Sukerberg va u asos solgan Facebook ijtimoiy tarmog‘ining boyligi fantastik tezlikda oshib bormoqda. 31 yoshli milliarder, 16-o‘rindan 6-o‘ringa ko‘tarildi va o‘z boyligini $11,2 milliardga oshirdi.
Forbs ro‘yxati: dunyoning eng boy insonlari kimlar?. Фото №7
AQSh prezidentligiga asosiy davogarlardan biri Maykl Blumberg, $40 milrd. davlat bilan 8-o‘rinda.
Forbs ro‘yxati: dunyoning eng boy insonlari kimlar?. Фото №8
Eng yosh milliarder — 19 yoshli norvegiyalik oila merosxo‘ri Aleksandra Andresen. U o‘z oilasining 42% aksiyalari egasi. Uning 20 yoshli opasi Katarina ham milliarder.
Forbs ro‘yxati: dunyoning eng boy insonlari kimlar?. Фото №9
AQSh milliarderlarining soni — 540, Xitoyda — 251, Germaniyada — 120, Rossiyada — 77, Buyuk Britaniyada — 50, Ukrainada — 5 ta.
Forbes ma‘lumotiga ko‘ra, ro‘yxatga 1810 ta dunyoning eng boy insonlari kiritilgan. Bu ko‘rsatgich o‘tgan yilga nisbatan 16 taga kam. Ularning barcha davlatlarini qo‘shib hisoblaganda — umumiy summa $6,48 trillionni tashkil etadi. Bu esa o‘tgan yilgiga nisbatan $570 milliarda kam.
Forbs ro‘yxati: dunyoning eng boy insonlari kimlar?. Фото №10
Forbes, 221 kishi ro‘yxatni tark etgani va 198 ta milliarderlar ro‘yxatga qo‘shilganini qayd etgan. O‘tgan yili reytingga kiritilmagan 29 kishi qaytishgan, 2015 tildagi ro‘yxatga kiritilgan 29 ta milliarder esa vafot etgan.
Shuncha badavlat insonlar orasida 190 ta ayol milliarderlar bor (2015 yil ularning soni 197 ta edi).
Forbs ro‘yxati: dunyoning eng boy insonlari kimlar?. Фото №11
Dunyoning eng boy insonlari orasidan 1 186 tasi «o‘zlarini o‘zlari» milliarder qilishgan, 228 tasi merosga ega bo‘lishgan, 396 tasi esa qisman meros olib, ushbu pullarni ko‘paytirgan.

Izohlar