Dunyodagi eng chiroyli erkak — Roxit Kxandelval

Birinchi marta «Mister World 2016» tanlovining g‘olibi deb Hindiston vakili topildi.

25 Iyul 2016        27733      0       Polina Agliamova

19 iyul kuni Britaniyaning Sautport shahrida, erkaklar o‘rtasida go‘zallik tanlovi — Mister World 2016 bo‘lib o‘tdi. «Yer yuzidagi eng chiroyli erkak» unvoniga — 26-yoshli Roxit Kxandelval loyiq topildi.

«Dunyo misteri» go‘zallik konkursi 1996 yildan buyon o‘tkazib kelinadi va uch hafta davom etadi. Ishtirokchilar sport musobaqalarida, iqtidorlar shousida, moda ko‘rgazmasida bellashadilar va bir nechta intervyu beradilar. Shundan so‘ng hay‘at a‘zolari g‘olibni tanlaydilar.

Dunyodagi eng chiroyli erkak — Roxit Kxandelval. Фото №1
Dunyodagi eng chiroyli erkak — Roxit Kxandelval. Фото №2
Tanlovda ikkinchi o‘rinni 21-yoshli Puerto-Rikolik (chapda) Fernando Alvarez, uchinchi o‘rinni esa Meksikalik 26-yoshli Aldo Esparanza Ramirez (o‘ngda) egalladi.
Dunyodagi eng chiroyli erkak — Roxit Kxandelval. Фото №3
Roxit Hindistondagi Haydarobod shahrida tug‘ilib o‘sgan. Model bo‘lishidan avval SpiceJet aviakompaniyasi va «Dell Computers» kompaniyalarida mehnat qilgan. Modellik biznesidan tashqari, Roxit teleseriallar va teleshoularda suratga tushadi. 2015 yil «Mister Hindiston» unvoniga ega bo‘lgan. Endi esa u hindistonliklar orasida «Dunyo misteri» unvoniga ega bo‘lgan birinchi insondir.
Dunyodagi eng chiroyli erkak — Roxit Kxandelval. Фото №4
«Dunyo misteri» ning do‘sti — suratkash Sayan Sur Royning so‘zlariga ko‘ra, faqatgina tinimsiz mashqlar yordamida, oddiygina yigit Roxit, ideal tanaga ega ko‘zga ko‘rinarli erkakka aylangan.
Dunyodagi eng chiroyli erkak — Roxit Kxandelval. Фото №5
Dunyodagi eng chiroyli erkak — Roxit Kxandelval. Фото №6
Dunyodagi eng chiroyli erkakning bo‘yi — 182 santimetr.
Dunyodagi eng chiroyli erkak — Roxit Kxandelval. Фото №7
Uyga qaytganidan so‘ng Roxit aktyorlik va modellik karyerasini davom ettirmoqchi.
Dunyodagi eng chiroyli erkak — Roxit Kxandelval. Фото №8
O‘zining tashqi ko‘rinishi uchun «Dunyo misteri», qattiq rejimga, orzuga qarab betakror intilishga va ko‘pchilik uchun namuna bo‘lish hissiga minnatdor bo‘lishi lozim.
Dunyodagi eng chiroyli erkak — Roxit Kxandelval. Фото №9
Sportzallaridagi mashqlar Roxit hayotining o‘zgarmas bo‘lagidir. U 3 yil davomida qattiq mashq qilgan va hozirgi ko‘rinishga kelish uchun tanasining barcha imkoniyatlaridan foydalangan.
Dunyodagi eng chiroyli erkak — Roxit Kxandelval. Фото №10
Dunyoning eng chiroyli erkagining so‘zlariga ko‘ra, sportzalidagi mehnati zoyi ketmasligi uchun, foydali masalliqlarni tanovvul qilish va o‘z ustida doimo oshlash kerak. To‘g‘ri kitoblar va doimiy motivatsiya — omad uchun to‘g‘ri yo‘ldir.
Dunyodagi eng chiroyli erkak — Roxit Kxandelval. Фото №11
Roxit har doim qizlarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Bu nafaqat uning tashqi ko‘rinishi tufaylidir. Roxit fitnes bo‘yicha master-klasslar ham berib keladi.
Dunyodagi eng chiroyli erkak — Roxit Kxandelval. Фото №12
Dunyodagi eng chiroyli erkak — Roxit Kxandelval. Фото №13
Dunyodagi eng chiroyli erkak — Roxit Kxandelval. Фото №14
Dunyodagi eng chiroyli erkak — Roxit Kxandelval. Фото №15
Dunyodagi eng chiroyli erkak — Roxit Kxandelval. Фото №16

Izohlar