Ham rusumli ham qulay soch turmaklari

O‘tgan mavsum asosiy moda haftaliklaridagi soch turmaklaridan sizlar uchun qulay va rusumlilarini yig‘dik.

1 Sentyabr 2016        43599      0       Anetta Tyan

O‘qishda yoki ish joyida ko‘pincha qattiqqo‘l dress-kod qoidalari mavjud bo‘ladi. Masalan, o‘qish joylarida «pastgi qism to‘q rangda, yuqori qism oq rangda» degan qoida mavjud. Qizlarga esa sochlarni yoyib kelishni ham ta‘qiqlashadi. Bu qoidalarga amal qilish va shu vaqtning o‘zida rusumli ko‘rinish uchun nima qilish lozim?

Bu masalada moda industriyasi keng miqyosdagi soch turmaklarini taklif etadi. Biz bu yilgi barcha asosiy moda haftaliklarini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqdik va tartib qoidalariga mos tushuvchi, shu bilan bir qatorda rusumli ko‘rinishga yordam beruvchi soch turmaklarini tanladik.

Ham rusumli ham qulay soch turmaklari. Фото №1
Bog‘lam
2016/17 kuz-qish mavsumi ko‘rgazmalarida ko‘plab dizaynerlar yig‘ilgan sochlarning eng sodda va elegant talqiniga e‘tibor qaratishdi. Valentino, Christian Dior, Boss, Loewe, Oscar de la Renta moda Uylari o‘zlarining mavsumiy ko‘rgazmalarida aynan bog‘lamli turmaklarni ma‘qul ko‘rishdi.
Ham rusumli ham qulay soch turmaklari. Фото №2
Loewe
Ham rusumli ham qulay soch turmaklari. Фото №3
Valentino
Ham rusumli ham qulay soch turmaklari. Фото №4
Oscar de la Renta
Ham rusumli ham qulay soch turmaklari. Фото №5
Christian Dior ikkita bog‘lamni ma‘qul ko‘rdi. Bunday talqin bir oz o‘yinqaroq ko‘rinadi va yurishga qulay.
Ham rusumli ham qulay soch turmaklari. Фото №6
O‘ramlar
Soch o‘ramlar bir necha yildan buyon rusumdan chiqmay kelmoqda. Agar siz oddiy soch o‘rishni o‘rgangan bo‘lsangiz, boshqa yangi turlar: fransuzcha o‘ram, chelka o‘rami kabilarni o‘rganib oling. Bularning barchasi kuzda rusumga kiradi.
Ham rusumli ham qulay soch turmaklari. Фото №7
Barcha turdagi va shakldagi soch o‘ramlarini biz asosiy moda haftalarining ishtirokchilari: Herve Leger, Max Azria, Dorhout Mees, Lemaire, Rachel Zoe, Moncler, Siriano va boshqa dunyo miqyosidagi yulduzlar taqdimotlarida ko‘rdik.
Ham rusumli ham qulay soch turmaklari. Фото №8
Ham rusumli ham qulay soch turmaklari. Фото №9
Ham rusumli ham qulay soch turmaklari. Фото №10
Ham rusumli ham qulay soch turmaklari. Фото №11
Ham rusumli ham qulay soch turmaklari. Фото №12
Ham rusumli ham qulay soch turmaklari. Фото №13
Bog‘lam va o‘ramni birlashtirish ham ajoyib usuldir. Bu teppaga qarab o‘ralgan va teppa qismida o‘ram shakliga keltirilgan soch turmagi, o‘qish va sport mashg‘ulotlari uchun ajoyib yechim bo‘la oladi.
Ham rusumli ham qulay soch turmaklari. Фото №14
Pastgi «dum»
Soch turmagiga ko‘p vaqt sarflab, o‘ramlar bilan boshini qptirishni istamaydiganlar uchun ham podiumda joy topildi. Tushurilgan va bilinar-bilinmas qistirilgan «dum: har kungi obraz uchun ideal variantdir.
Ham rusumli ham qulay soch turmaklari. Фото №15
Victoria Beckham
Ham rusumli ham qulay soch turmaklari. Фото №16
Nisbatan rusumli talqinni istaysizmi? Unda sochlaringizni aylantirgan holda yana o‘sha pastroq «dum» ga qistiring.
Ham rusumli ham qulay soch turmaklari. Фото №17
Jgutlar
Ba‘zi dizaynetlar velosiped ixtiro qilib o‘ririshmadi va modellarning sochlarini qattiq jgut ko‘rinishida yig‘ishdi. Bolalikda ko‘pchilik soch o‘rolmaydiganlar aynan shunday qilishadi. Bunday turmakni yaratish uchun minimum vaqt sarflaysiz, uchtadan ko‘p bo‘lmagan vositalar kerak bo‘ladi, kun bo‘yi tushib ketmay turadi va juda effektiv ko‘rinadi.
Ham rusumli ham qulay soch turmaklari. Фото №18
Eng osoni, «Prabal Gurung» modeli taqdimotlarda ishlatgani kabi, sochni ikki tomonga jgut qilib burash va ularni rezinka bilan yig‘ish usulidir.

Izohlar