Likopchangizdagi quyosh bo‘lagi

Mavsumiy foydali mahsulotlar to‘g‘risida ma'lumot. Qovoqning foydali hususiyatlari va u to‘g‘risida nimalarni bilish lozim ekanligi haqida suhbatlashamiz.

3 Noyabr 2016        1320      0       Nazima Davletova

To‘g‘ri tanovvul qilish sog‘-salomatlik, ajoyib tana, tozza teri va butun organizmning bardam bo‘lishi garovidir. Biz qaysi mavsumiy mahsulotlar foydali ekaligi, hususiyatlari va nimalardan ehtiyot bo‘lish kerak ekanligi to‘g‘risida so‘zlab berishga qaror qildik.

Likopchangizdagi quyosh bo‘lagi. Фото №1
Kuz kelishi bilan quyosh aktivligi kamayadi, ko‘pchilikning kuchi kamayib kayfiyat tushib ketishi kuzatiladi. Pishiqchilik vaqti esa ortda qolib ulgurgan. Ammo dorixonaga darmondori qidirib yugurishga shoshilmang. Axir tabiat biz uchun g‘amxo‘rlik qilib, tanamiz uchun kerakli barcha mikroelementlar va darmondorilarni meva va sabzavotlar ko‘rinishida yaratgan. Shunday mahsulotlardan biri qovoq hisoblanadi.
Likopchangizdagi quyosh bo‘lagi. Фото №2
Kim yupqa xamirga tugilgan issiqqina qovoq somsaga yo‘q deydi? Yoki qovoqdan tayyorlangan krem-sho‘rvagachi? Aslida bu yorqin rangdagi quyoshli poliz ekinidan tayyorlanadigan taomlar talaygina.
Likopchangizdagi quyosh bo‘lagi. Фото №3
Yevropa va AQShda qovoqdan pankeyklar, piroglar, qaynatma krem, turli suflelar va hatto ravioli tayyorlashni yaxshi ko‘rishadi. Hindistonda esa karri va oshqovoqdan desertlar taklif etishadi. Qiziq, siz qovoqli braunining retseptini qidirib ko‘rarmidingiz?
Likopchangizdagi quyosh bo‘lagi. Фото №4
Endi nega borgan sari bu sehrli mahsulot dietologlar va o‘z sog‘ligi uchun qayg‘uradigan insonlar orasida mashhurlashib ketayotganiga javob qidirsak.
O‘zining sariq rangdagi qarindoshlari (shirin kartoshka, sabzi) kabi, oshqovoq A darmondorisiga tez aylana oladigan beta-karatinga juda boy. Dimlab pishirilgan qovoq bo‘tqasining atigi bir likopchasi ushbu darmondorining bir kunlik talabini 200% ga ta'minlaydi. Qovoqni doimo tanovvul qilish esa, qariganda ko‘z muammolarini bartaraf etadi.
Likopchangizdagi quyosh bo‘lagi. Фото №5
Ayollar uchun ajoyib xabar, qovoq — kletchatkaga boy mahsulotlardan biri hisoblanadi. Barchaga ma'lumki kletchatkaga boy taomlar vaznni normallashtirish va oshqozonni sog‘lom bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Bu esa tozza teri demakdir.
Likopchangizdagi quyosh bo‘lagi. Фото №6
Onkologiya Milliy institutining o‘tkazgan tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, aynan beta-karotin ba'zi bir saraton kasalliklarining oldini olishga xizmat qilar ekan. «Salomatlik» (Health Magazine) jurnali ma'lumotlariga ko‘ra esa, bu g‘aroyib antioksidant mayda ajinlar bilan ham kurashar ekan. Bu bilan qovoqning foydali hususiyatlari tugamaydi. Uning tarkibida mavjud kaliy, og‘ir ish kunidan keyin kuchlaringizni to‘plashga xizmat qiladi va mushaklarni chiniqtiradi. Qovoq tarkibidagi triptofan esa, organizmda «yaxshi kayfiyat garmoni» ishlab chiqarishda ko‘maklashadi. Bulardan tashqari qovoq sovuq kunlarda inson tanasi uchun juda kerak bo‘lgan C va E darmondorilariga boy.
Likopchangizdagi quyosh bo‘lagi. Фото №7
Bu ham hozircha hammasi emas. Qovoq urug‘i bizning ajdodlarimiz tomonidan keng qo‘llanilgan. Ular bilmasa bu urug‘larning foydasini yana kim bilsin?
Bugungi kunda qovoq urug‘larida mavjud bo‘lgan sink moddasi — teri sog‘lomligiga, to‘g‘ri o‘sishga va organizmdagi xujayralarning to‘g‘ri bo‘linishiga xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida uzoq vaqt yosh bo‘lishni ta'minlaydi. Aynan shu yerda erkaklar uchun ham yaxshi xabar bor: qovoq urug‘idan olingan moy va ekstraktlar erkak kishi salomatligi uchun xizmat qiladi.
Likopchangizdagi quyosh bo‘lagi. Фото №8
Qovoq urug‘idan olingan moy singing kuzgi salatingiz uchun ajoyib qo‘shimcha vazifasini o‘taydi, qand kasalligi oldini olishga xizmat qiladi va bizning hududimizda keng tarqalgan yurak-qontomir kasalliklarining oldini oladi. Urug‘lar tarkibidagi Omega-3 yog‘lari zararli yog‘larni parchalash uchun xizmat qiladi.
Likopchangizdagi quyosh bo‘lagi. Фото №9
94 yosh umr ko‘rgan mening buvim, hatto eng foydali dori ham ko‘p bo‘lganda zaharga aylanadi der edilar. Bu ibora bizning bugungi qahramonimizga ham tegishli, chunki u o‘zining yorqin rangi bilan buni isbotlab turadi. Qonda karotinning oshib ketishi, uning teri ostida yig‘ilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunda teri yorqin sabzi rang tus oladi va o‘z sohibini qo‘rqitishi mumkin. Oshqozon-ichak kasalliklari bor insonlar qovoqni juda ehtiyot bo‘lib tanovvul etishlari lozim. Qovoq urug‘larini yaxshi ko‘rsangiz, ularni iste'mol qilganingizdan so‘ng albatta tishingizni yuving. Chunki ularning tarkibida tish emalini yemiradigan kislotalar mavjud.
Likopchangizdagi quyosh bo‘lagi. Фото №10
Eng muhimi istalgan taom foydadan tashqari xursandchilik ham taqdim etishi lozim. Foydali balans va tanovvul qiladigan taomlaringizdagi uyg‘unlik sizga yengillik taqdim etadi. Bu yengillik esa sizning sog‘ligingiz va xushbichimligingiz garovidir.
Foydali taom mazzali bo‘lishi lozim!

Izohlar