«Pantone» 2017 yil rangini tanladi

Kelayotgan yilning asosiy rangi o‘zgarishlar boshlanishining, tabiat bilan uyg‘unlashuvning va qayta tug‘ilishning timsolidir.

9 Dekabr 2016        1728      0       Polina Agliamova

«Pantone» instituti 2017 yilning asosiy rangini aniqladi. Rang «Greenery» (yashil) deb atalib, kod raqami 15-0343. Mutahassislar uni juda ham hayotbaxsh, umid, o‘zgarishlar va yangilanishlar, insonning tabiat bilan uyg‘unlashuvi rangi deb atashadi.

«Greenery — yashil rang, tabiat bilan uyg‘unlashuv va qayta tug‘ilish timsolidir. Bu narsalar 2017 yil insoniyatga juda kerak bo‘ladi», — deb tushuntirish berdi «Pantone» direktori Leatris Eysman.

Eslatib o‘tamiz 2016 yil uchun «Pantone» birdaniga ikkita asosiy ranglarni: nafis-pushti va och nofarmon ranglarni e`lon qilgan edi.


Izohlar