Endi Señor&Señorita do‘koni Sergelida

Xonadon uchun aksessuarlar do‘koni yangiliklari: ikkinchi do‘kon va xaridorlar uchun foydali aksiyalar.

14 Dekabr 2016        541      0

10-dekabr kuni Toshkent shahrida «Señor&Señorita» ning ikkinchi do‘koni ochildi. Endi Sergeli tumani aholisi Señor&Señorita do‘konidan sifatli to‘qimachilik mahsulotlarini, idish-tovoqlar, oshxona buyumlari, uy uchun parfyum vositalari (Turkiya), bundan tashqari, Italiya va AQSh brendlarini xarid qilishlari mumkin bo‘ladi.

Arzon emasmi? Señor&Señorita do‘koni o‘rtadagi farqni qaytarib beradi!

Señor&Señorita do‘koni sotib olingan buyumingizni boshqa yerda arzonga ko‘rsangiz, o‘rtadagi farqni qaytarib berishini ma'lum qiladi.

Biz ko‘pincha biror-bir buyumni qimmat sotib olib qo‘yishdan qo‘rqamiz. Agar shunday bo‘lsa, qancha afsuslanamiz. Boshqalar buyumni do‘konga qaytarib olib borishadi va uni qaytib berishadi. Ayrimlar esa sotuvchi bilan tortishish va janjallashishni istamaydi, shu bois do‘konga qaytib bormaydi.

Señor&Señorita do‘koni o‘z do‘konidagi mahsulotlarga xaridorlarni mamnun qiluvchi narxlar qo‘yadi. Chunki do‘kondagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o‘zidan borib olinadi.

Bu borada hech bir xaridorda ikkilanish bo‘lmasligi uchun do‘kon «Narxdagi farqni 110 foiz qaytarib beramiz!» deb nomlangan aksiya o‘tkazdi. Agar siz ushbu do‘kondan sotib olgan mahsulotingizni boshqa bir savdo nuqtasida arzonroqqa ko‘rib qolsangiz, unda Señor&Señorita do‘koni nafaqat narx o‘rtasidagi farqni, balki o‘sha farqning 10 foizi miqdorida ham qo‘shimcha to‘lov qiladi.

Masalan, agar siz Señor&Señorita do‘konidan qiymati 1 000 000 so‘m bo‘lgan to‘shak sotib oldingiz. Boshqa bir do‘konda esa aynan shunga o‘xshash (rangi, o‘lchami, brendi) mahsulotni 800 000 ga ko‘rib qoldingiz. Aksiya shartlariga ko‘ra, siz narx farqining 110 foizini olasiz, ya'ni:
1 000 000 — 800 000 = 200 000 x 1,1 = 220.000 so‘m.
Yakunda siz ushbu to‘shakni 780.000 so‘mga xarid qilasiz.

Oldinda Yangi yil bayrami, demak barcha o‘z yaqinlariga sovg‘a tanlashga harakat qiladi. Señor&Señorita do‘konida barcha oila a'zolari uchun sovg‘a tanlash imkoniyati bor. Do‘kon tomonidan taqdim etiladigan syurprizlar bu bilan tugab qolmaydi! Xaridorlar uchun Yangi yil bayramiga atab maxsus aksiya tashkillashtiriladi. Bu haqda do‘kon konsultantidan bilib olish mumkin.

Eng yaxshi narxlar kafolati haqida batafsil http://senorandsenorita.uz/saytida o‘qishingiz mumkin.

Señor&Señorita do‘konlari quyidagi manzilda joylashgan:

Shayxontohur tumani, Mediapark Qoratosh savdo markazi, 2-qavat.
Mo‘ljal: O‘zbekiston banklar Assotsiatsiyasi.

Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasi.
Mo‘ljal: Mediapark Sergeli savdo markazi, Sergeli mashina bozori.

Ish vaqti: 10:00 dan 22:00 gacha. Dam olish kunlarisiz.
Aloqa: +99871 202 77 00.

Reklama huquqiga asosan tayyorlandi. Mahsulotlar sertifikatga ega.


Izohlar