Ferrari J50: zamonaviy samuray uchun yangi superkar

Ferrari kompaniyasi Tokioda atigi 10 dona chiqariladigan yubiley rodsterini taqdim etdi. Mana sizga eksklyuziv!

Ferrari kompaniyasi Tokiodagi Milliy san`at markazida yangi usti ochiq superkar — J50 ni taqdim etdi. Yangilik markaning Yaponiya bozorida mavjudligining 50-yilligiga bag‘ishlangan.

Ferrari J50 asosida 488 Spider modeli berkingan bo‘lib, ular orasidagi asosiy farq deyarli butunlay yangi bo‘lgan kuzovdadir. Yangi kuzov «1970-1980 yillarning bir necha sevimli yo‘l Ferrarilari» ni eslatadi. Bezaklarda GTO va kechroq chiqarilgan F40 va F50 markalariga havolani ko‘rish mumkin.

Tashqi ko‘rinishidan J50 doira shaklida o‘rnatilgan karbonli aerodinamik elementlari, 20-dyuymli quyma disklar bilan ajralib turadi. Bittalik aylana faralar o‘rnini esa, yangi «yovvoyi» svetodiodli kvartet egallagan.

Дамир Сагдиев

15 Dekabr 2016

  427     0

Ferrari J50: zamonaviy samuray uchun yangi superkar. Фото №1

Kapotning markaziy qismi sezilarli darajada past qilingan, old g‘ildiraklar arkasi esa agressiv ko‘rinishda ajratilgan. Yangi old oyna — avvalgisidan past. Bamperlar, yon panellar va havfsizlik dugalari boshqacharoq ko‘rinish olgan.

Superkarning yechiladigan teppa qismi karbondan yasalgan bo‘lib, ikkita qismdan iborat. Yechilgan modellar o‘rindiqlar ortidagi maxsus joyga berkitiladi.

Ferrari J50: zamonaviy samuray uchun yangi superkar. Фото №2

Motor qismini polikarbonatdan yaratilgan harir kolpak yopib turadi. Uning ostida donor bo‘lgan 488 Spider uchun oddiy bo‘lgan dvigatel — 3,9 litrli, 370 dan 390 ot kuchiga forsirovka qilingan V8 tvin-turbo berkingan.

Ferrari J50: zamonaviy samuray uchun yangi superkar. Фото №3

Avtomobil shuningdek o‘rtamotorli kompanovkani saqlab qolgan. Dinamik tavsifni Ferrari ochishni istamadi. Ammo misol uchun, Spider «yuz tezlikka» uch soniyada, 200 km/s ni 8,7 soniyada olishi, maksimal tezlik esa 325 km/s bilan chegaralangani ma`lum.

Ferrari J50: zamonaviy samuray uchun yangi superkar. Фото №4

J50 ning saloni deyarli to‘liqligicha Ferrari 488 Spider dan ko‘chib o‘tgan. Faqatgina tasvirli yangi o‘rindiqlar va motor qismining qopqog‘i ustidagi naqshlar bilan farq qiladi. Interyer charm va alkantradan kuzovning rang va uslubiga moslab yaratilgan.

Ferrari J50: zamonaviy samuray uchun yangi superkar. Фото №5

Yubileyga bag‘ishlangan yangilikning tiraji atigi o‘n dona bo‘ladi. Bunda har bir Ferrari J50 betakror bo‘lib, xaridorlarga keng personallashtirish imkoniyatlari taklif etiladi. Avtomobil narxini italiyaliklar ma`lum qilishmayapti. Umuman olganda barcha avtomobillar allaqachon sotilgan bo‘lib chiqsa hayron qolmaymiz. Axir bu eksklyuziv Ferrari!


Izohlar