«Ayfonli» portret suratlarni qanday olgan ma`qul?

Apple kompaniyasi iPhone 7 Plus ga professional suratkashlar tomonidan suratga olingan portretlar orasida eng yaxshilarini ko‘rsatdi.

15 Dekabr 2016        643      0       Alina Musyakaeva

Bu yil Apple kompaniyasi foydalanuvchilar uchun yangi funksiya — suratga olishning portret rejimini taqdim etdi. Relizning eng asosiy yangiligi, portret fotosuratlarni olishda aniqlikning chuqurligi bo‘ldi.

Qisqa vaqt oralig‘ida portretlarni suratga olish rejimi iPhone 7 Plus foydalanuvchilari orasida eng sevimli rejimga aylandi. Aniqlik va suratdagi chuqurlik tufayli, portretlar sifati bo‘yicha professional kameralarga olingan suratlardan umuman qolishmaydi. Yangilikni nafaqat oddiy foydalanuvchilar, balki professional suratkashlar ham yuqori baholashdi. Kompaniya, sizlar smartfonga oladigan suratlar yanada yaxshiroq chiqishi uchu, professionallar o‘rtoqlashgan bir necha maslahatlar bilan o‘rtoqlashishga qaror qildi.

«Ayfonli» portret suratlarni qanday olgan ma`qul?. Фото №1
Feshn-suratkash Jershon Golatt, iPhone 7 Plus ning portret suratga olish rejimi bir qarashda ko‘zga tashlanmaydigan detallarga urg‘u berishning ajoyib usulidir. Rejim ishlarga minimal sarflarda, qo‘l ostida deyarli hech nima bo‘lmagan holatda, ancha-muncha badavlatlikni taqdim etadi. Chuqurlikning eng yaxshi sifatiga erishish uchun, suratkash obyektga iloji boricha yaqin kelishni va detallarga ko‘proq e`tibor qaratishni maslahat beradi.

© @jersean_

«Ayfonli» portret suratlarni qanday olgan ma`qul?. Фото №2
Mashhur insonlar bilan ishlaydigan Jeremi Kovart, suratga olish jarayonini boshqacharoq tashkillashtirish tarafdori. «Fonni iloji boricha minimallashtiring va soyalar bilan ishlab ko‘ring. Yorug‘lik obyektning orqasidan tushishiga e`tibor qarating. Agar ekspozitsiya parametrlarini bir oz o‘zgartirsangiz, tasvir ko‘proq kinomatograflikka yaqin chiqadi», — deb hisoblaydi Kovart.

© @jeremycowart

«Ayfonli» portret suratlarni qanday olgan ma`qul?. Фото №3
Sayohatchi va suratkash ПPey Ketronning fikricha, iPhone 7 Plus so‘zsiz «ko‘zguli» kameralar bilan qarobatlasha oladi. «Uy hayvonlarini suratga olish vaqtida ularga juda ham yaqin kelmang, bir oz joy qoldiring. Chunki smartfonga qo‘yilgan teleobyektiv obyektdan 2-3 metr uzoqlikda eng yaxshi natijani ko‘rsatadi. Sifatli suratlarni olish uchun model qimirlamay turishi lozim, shu sababli jonivorlar uchun shirinlikni unutmang».

© @pketron

«Ayfonli» portret suratlarni qanday olgan ma`qul?. Фото №4
«Yangi rejim tufayli men qo‘shimcha qurilmalarni ishlatmagan holda professional natijalarga erishmoqdaman. Yumshoq va kengaygan nurni topishning o‘zi, model kamchiliklarini berkitish uchun yetadi», — maslahat beradi nikoh to‘yi suratkashi Ben Xaysh.

© @benjhaisch

Izohlar