Bu Ferrari dunyodagi eng qimmat avtomobilga aylanishi mumkin

Juda ham kam uchraydigan ko‘k rangdagi kuzovga ega Ferrari 250 GTO sportkarini kimoshdi savdosiga $55 million narxda qo‘yishdi.

Ferrari 250 GTO — gran turizmo sinfidagi avtomobil, dunyodagi eng kam uchraydigan va qimmat klassik sportkarlardan biri hisoblanadi. Avtomobil 1962 yildan 1964 yilgacha Manarellodagi zavodda ishlab chiqarilgan. Rasmiy ma`lumotlarga ko‘ra, italyan «otxonasi» atigi 39 ta 250 GTO ishlab chiqargan. Sportkarlar Xalqaro avtomobil federatsiyasining (FIA) GT3 toifasi rallilarida ishtirok etishga mo‘ljallangan.

Дамир Сагдиев

16 Dekabr 2016

  1640     0

Bu Ferrari dunyodagi eng qimmat avtomobilga aylanishi mumkin. Фото №1
Yangi GTO o‘sha vaqtlarda AQShda $18 000 turar edi, ammo uni xarid qilish ancha murakkab bo‘lgan. Chunki avtomobilning bo‘lajak egasini Entso Ferrari va uning Shimoliy Amerikadagi vakili Luidji Chinetti shaxsan o‘zlari ma`qullashlari talab etilgan. Natijada ko‘plab avtomobillar dunyoning eng boy insonlari — rok yulduzlar va e`tiborli siyosatchilar kolleksiyalaridan o‘rin oldi.
Bu Ferrari dunyodagi eng qimmat avtomobilga aylanishi mumkin. Фото №2
Avtomobilga eksklyuzivlikni nihoyatda kuchli dinamika va juda yaxshi boshqariladigan shassi taqdim etadi. Ferrari 250 GTOning kapoti ostida 300 ot kuchiga ega, uch litrli V12 dvigateli o‘rnatilgan, dvigatel 5-bosqichli sport mexanik «korobka» bilan qo‘llab-quvvatlanadi. Vazni 880 kg bo‘lishiga qaramay, avtomobil 280 km/s tezlikka chiqa oladi.
Bu Ferrari dunyodagi eng qimmat avtomobilga aylanishi mumkin. Фото №3
Kimoshdi savdolarida bunday avtomobillarning savdoga chiqishi har safar butun dunyodagi avtomobilsevarlar uchun haqiqiy voqeaga aylanadi. Eslatib o‘tamiz, 2014 yil huddi shunday qizil rangdagi avtomobilni noma`lum kolleksioner rekord $38 million narxda xarid qilgan edi. Ammo amaliyot bu hozircha chegara emas ekanligini ko‘rsatmoqda.
Bu Ferrari dunyodagi eng qimmat avtomobilga aylanishi mumkin. Фото №4
Yaqinda kimoshdi savdosiga 1962 yilda yasalgan ko‘k rangdagi Ferrari 250 GTO qo‘yildi va u birdaniga $55 millionga baholandi. Narxda bu darajadagi farq avtomobilning rangi bilan bog‘liq. 60-yillarda ko‘proq qizil ranngdagi Ferrari 250 GTO ishlab chiqarilgan va ko‘k rang o‘shanda ham tanqis bo‘lgan.
Bu Ferrari dunyodagi eng qimmat avtomobilga aylanishi mumkin. Фото №5
Bundan tashqari kimoshdi savdosiga qo‘yilgan shassi raqami #3387 bo‘lgan avtomobil, zavod konveyridan tushgan ikkinchi 250 GTO hisoblanadi. Avtomobil shuningdek, Manarelloda zavodda test o‘tkazish va kamchiliklarni bartaraf etishda ishlatilgan. Undan so‘ng 27 ga poygada ishtirok etib 17 ta sovrinli o‘rinlarni egallagan.
Bu Ferrari dunyodagi eng qimmat avtomobilga aylanishi mumkin. Фото №6
Ko‘k rangdagi Ferrari 250 GTO omadli sotilsa, u ochiq ravishda sotilgan eng qimmat seriyali avtomobilga aylanadi.
Bu Ferrari dunyodagi eng qimmat avtomobilga aylanishi mumkin. Фото №7
Bu Ferrari dunyodagi eng qimmat avtomobilga aylanishi mumkin. Фото №8
Bu Ferrari dunyodagi eng qimmat avtomobilga aylanishi mumkin. Фото №9
Bu Ferrari dunyodagi eng qimmat avtomobilga aylanishi mumkin. Фото №10
Bu Ferrari dunyodagi eng qimmat avtomobilga aylanishi mumkin. Фото №11
Bu Ferrari dunyodagi eng qimmat avtomobilga aylanishi mumkin. Фото №12
Bu Ferrari dunyodagi eng qimmat avtomobilga aylanishi mumkin. Фото №13
Bu Ferrari dunyodagi eng qimmat avtomobilga aylanishi mumkin. Фото №14
Bu Ferrari dunyodagi eng qimmat avtomobilga aylanishi mumkin. Фото №15
Bu Ferrari dunyodagi eng qimmat avtomobilga aylanishi mumkin. Фото №16

Izohlar