Shokoladning shirin ta`mi: tanovvul qilgan ma`qulmi yoki yo`q?

Eng mashhur konditerlik mahsuloti, bayramlar va romantikaning timsoli — shokolad. To‘g‘ri tanovvul qilish bo‘yicha ruknimizning bugungi qahramoni.

17 Dekabr 2016        1483      0       Nazima Davletova

Shokoladni qanday tanlash kerak, nimalarga e`tibor bergan ma`qul, vijdoningiz qiynalmasdan qancha miqdorda tanovvul qilib, sog‘lig‘ingizga foydali bolishini ta`minlash mumkin ekanligi to‘g‘risida suhbatlashamiz.

Shokoladning shirin ta`mi: tanovvul qilgan ma`qulmi yoki yo`q?. Фото №1

Shokoladga befarq bolgan inson juda kam uchraydi. Issiq shokolad, sutli, turli qo‘shimchalar bilan — uning turlari juda ko‘p va sifatiga qarab deyarli barcha xaridorlarning cho‘ntagiga mosini topsa bo‘ladi. 20 chi asrga qadar shokolad elit mahsulot hisoblanib, asosan boy-badavlat insonlar uchun tayyorlangan.

© pinterest.com

Shokoladning shirin ta`mi: tanovvul qilgan ma`qulmi yoki yo`q?. Фото №2

Yevropada faqatgina 16 asrga kelib paydo bo‘lgan shokolad, dastlab dukkakli kakao va ziravorlardan ko‘pikli sovuq ichimlik sifatida tortilgan. Uning vatani Meksika bo‘lib, ichimlikning retseptini atsteklar o‘ylab topishgan.

© pinterest.com

Shokoladning shirin ta`mi: tanovvul qilgan ma`qulmi yoki yo`q?. Фото №3

Shuni qayd etish lozimki, yuqori sifatli tabiiy shokolad qadimiy retseptiz bo‘lsa ham juda qimmat mahsulot hisoblanadi. Dunyoda maxsus shokolad butiklari bo‘lib, ularda yuqori sifatli kakao dukaklaridan «qo‘l mehnati bilan tayyorlangan» lyuks sinfi shokoladlarini xarid qilish mumkin. Bunday shokoladning kichik qutisi bir necha yuz dollarga baholanadi. Zamonaviy parhezchilar va fud blogerlar shokolad asosidagi turli retseplar o‘ylab topib, uning foydali tomonlarini aniqlaydilar.

© pinterest.com

Shokoladning shirin ta`mi: tanovvul qilgan ma`qulmi yoki yo`q?. Фото №4

Shokolad «baxt garmoni» — endorfinlarni ishlab chiqarishga ta`sir ko‘rsatishini barcha juda yaxshi biladi. Bundan tashqari u qator sog‘liq uchun foydali bo‘lgan hususiyatlarga ega. Yaxshi kayfiyat miqdorini olishni barcha istaydi, ayniqsa dugonalar bilan hech bir uchrashuv, sevishganlar o‘rtasidagi muhabbat ertagi davri shokoladsiz o‘tmaydi. Biz shokolad yegan maqulmi yoki yo‘q degan savolni qo‘yadigan bo‘lsak, albatta tanovvul qilish kerak, ammo aynan achiq shokoladga e`tibor qaratgan maqul deb maslahat beramiz.

© pinterest.com

Shokoladning shirin ta`mi: tanovvul qilgan ma`qulmi yoki yo`q?. Фото №5

Shokolad barcha oziq-ovqat do‘konlarida sotiladi, ammo uning sifati har doim ham talabga javob bermaydi. Birinchi o‘rinda uning tarkibiga e`tibor berishni maslahat beraman. Tarkibida palma moyi va sutli yog‘ bo‘lsa, bu unga hech qanday foyda bermaydi, hatto sog‘liq va qomatga zarar ham keltirishi mumkin. Aynan shu sababli tozza qora achchiq, tarkibida iloji boricha kam shakar va ko‘p kakao kukuni va moyi bo‘lgan shokoladni tanlagan maqul. Shuni ham yodingizda tuting, hatto butun dunyoga mashhur firmalar shokoladlari ham doimo sifatli bo‘lavermaydi.

© pinterest.com

Shokoladning shirin ta`mi: tanovvul qilgan ma`qulmi yoki yo`q?. Фото №6

70% kakaoga ega achchiq shokolad ajoyib antioksidant hisoblanadi, tetiklik baxsh etadi va aqlni tiniqlashtiradi. Amerikalik olimlarning ma`lumotlariga ko‘ra, kakao kukuni polifenollarga boy bo‘lib, zararli xolesterin bilan kurashadi. Bu degani u yurak-qon tomir kasalliklari bilan kasallanish ehtimolini kamaytiradi. Boshqa tibbiyot tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, achichiq shokoladni bir haftada kamida ikki marta tanovvul qilish, arteriya qon tomirlarida tromblar hosil bo‘lishi ehtimolini 32% ga kamaytiradi.

© pinterest.com

Shokoladning shirin ta`mi: tanovvul qilgan ma`qulmi yoki yo`q?. Фото №7

Shunisi qiziqki, tabiiy qora shokolad qomatni yaxshi saqlashga xizmat qiladi. Tarkibida yuqori darajali kakao miqdori bo‘lgan mahsulotni istemol qilish, qondagi insulin darajasini normallashtirishga, bu degani qandli diabet kasalligidan saqlashga yordam beradi. Qondagi qand miqdori normalligi — bu nafaqat salomatlik, balki sarvqomatlik ham garovidir.

© pinterest.com

Shokoladning shirin ta`mi: tanovvul qilgan ma`qulmi yoki yo`q?. Фото №8

Shuncha foydali hususiyatlariga qaramay, qora shokoladni ko‘p miqdorda istemol qilish tavsiya etilmaydi. Chunki u juda ham kaloriyaga boy va to‘yimlidir. Bir bo‘lak yaxshi shokoladni istemol qilish miyani oziqlantirishga va bir muddat ochlikni his etmaslikka xizmat qiladi. Xom shokoladni uy sharoitida ham tayyorlash mumkin, muhimi sifatli mahsulotlardan foydalanishdir, retseplar esa internetda bir talay topiladi. Xom shokoladning foydasi shundaki, u yuqori bo‘lmagan haroratda tayyorlanadi va barcha foydali hususiyatlarini saqlab qoladi.

© ngrinko.com

Shokoladning shirin ta`mi: tanovvul qilgan ma`qulmi yoki yo`q?. Фото №9

Sovuq nam havoda issiqqina ko‘rpa ostida yotib, bir piyola qaynoq shokoladni mazza qilib ichishga nima yetsin?! Issiq shokoladni tanlashda men uning tarkibiga ko‘proq e`tibor qaratishni tavsiya etaman: konservantlar va ko‘p miqdordagi shakar bo‘lmagani maqul.

© pinterest.com

Shokoladning shirin ta`mi: tanovvul qilgan ma`qulmi yoki yo`q?. Фото №10

Ortiqcha zararli moddalar ta`sirini tarkibida antioksidant bor mahsulotlar: dolchin, qora murch (ha-ha uni oddiy qora shokoladga ham qo‘shsa boladi), muskat yong‘og‘i va istagingizga qarab o‘zingiz xohlagan ziravorni qo‘shishingiz mumkin. Axir foydali taom mazzali bo‘lishi lozim!

© nbxhu6l2mixgg33n.nblz.ru

Shokoladning shirin ta`mi: tanovvul qilgan ma`qulmi yoki yo`q?. Фото №11

© pinterest.com

Izohlar