Bekxemlar oilasining yana bir vakili bilan tanishuv

19 Dekabr 2016        666     0      Alina Musyakaeva

Devid va Viktoriya Bekxemlarning kichik o‘g‘li — Kruz, musiqa industriyasining yulduzi bo‘lish niyatida. 11 yosh bo‘lishiga qaramay, u ota-onasining ruxsati bilan Instagramda sahifa ochdi va o‘z ijodi namunalarini yuklab boradi.

Shu kunlarda mashhur futbolchining o‘g‘li o‘zining birinchi musiqali debyuti — «If Everyday Was Christmas» (Agar har kuni Rojdestvo bo‘lganda) qo‘shig‘iga klipni taqdim etdi. Ajoyib bayram videosi, nafaqat yosh ijrochining iqtidorini, balki kamera oldida o‘zini juda yaxshi tutishini ham namoyish etdi. Kruzdan tashqari videoda uning katta akalari va singlisi — 17-yoshli Bruklin va 14-yoshli Romeo, 5-yoshli Xarper ham suratga tushishdi. Shuningdek, relizdan tushgan barcha foyda yo‘naltiriladigan Global's Make Some Noise fondi tarbiyalanuvchilari ham videoda ko‘rinishdi.

Chaqnayotgan yulduzga klipni tayyorlashda Jastin Biberning jamoasi yordam berdi. Bu esa Kruz ko‘plab tineyjerlarning yangi kumiriga aylanishi mumkinligidan darak beradi.

Izohlar