Porsche chidamlilik poygasidan chiqib ketayotgan Audi bilan harlashdi

«Porshe» hazil tariqasida Ingolshtadlik markaga «hayr» demoqda va tezroq qaytishni so‘ramoqda.

20 Dekabr 2016        551      0

«Porsche» kompaniyasi, Le-Manda bo‘lib o‘tadigan jahon chidamlilik poygasi chempionatidan chiqib ketayotgan Audi kompaniyasi bilan hayrlashayotgan ta`sirli videorolikni chop etdi. Bu to‘g‘risida «Autoweek» xabar bermoqda.

Video 2014 yilda Audi kompaniyasi, «Porsche» ning chempionatga qaytishiga bag‘ishlab tayyorlangan videoga o‘ziga xos javob bo‘ldi. O‘sha videoda «Audi R18 e-tron quattro» ning prototipi, «Porsche» ning Shtutgartdagi zavodi binosi oldiga «Qaytganinglar bilan» yozuvini g‘ildiraklar izi bilan yozgan edi.

Endi esa, oradan ikki yil o‘tib chempionatni Audi tark etmoqda, Porsche esa ularning videosiga javob qayratishga qaror qildi. Qizil traktor haydovchisi radiodan Audining chempionatdan ketayotgani to‘g‘risidagi xabarni eshitadi va orqasiga o‘girilib Shtutgartga qaytadi. U yerda u Audi avtomobili yozgan «Welcome back» (Qaytganinglar bilan) yozuvining bir qismini o‘chirib, «Come back» (Qaytinglar) yozuvini qoldiradi.

Manba: tjournal.ru


Izohlar