Omad tarixi: Rolex

Rolex brendi qanday qilib bu darajadagi so‘zsiz obro‘ga ega bo‘lgani to‘g‘risida so‘zlaymiz.

22 Dekabr 2016        943      0       Alina Musyakaeva

Rolex — dunyodagi eng taniqli soat brendi. Bu marka dunyodagi eng qimmat brendlar top-100 ligiga kirgan yagona soat markasidir. Lyuks sinfi soatlari — boylik, elegantlik va yaxshi did sinonimi hisoblanadi.

Uzoq 1905 yilda 24-yoshli nemis Gans Vilsdorf Londonda soat sotish bo‘yicha kompaniyaga asos soladi. U vaqtlarda qo‘l soatlari aniqlik va ichonchlilik bilan ajralib turmas edi. Ammo yosh tadbirkor moda o‘zgarishlarini kuzatib, erkaklar liboslarining muhim qismlaridan biri — jiletka urfdan sekin-asta chiqib ketayotganini kuzatdi.

1926 yil yosh kompaniya dunyoda birinchi bo‘lib chang va suv o‘tqazmaydigan qo‘l soatlarini chiqara boshladi. Mollyusk chig‘anog‘i kabi suvdan himoyalovchi o‘ziga xos germetik korpus tufayli, ular «Oyster» nomini oldi. Yangi modelni o‘sha yillarda mashhur bo‘lgan suzuvchi ayol Mersedes Glyaytse, soatni taqib La-Mansh bo‘g‘ozidan suzib o‘tib reklama qildi. 10 soatdan sovuq suvda bo‘lish soat modeliga hech qanday ta`sir qilmadi. Tajribadan so‘ng Vilsdorf «Daily Mail» gazetasidan reklama hoshiyasini sotib oldi va unda suv o‘tqazmaslik testi a`lo darajada o‘tgani to‘g‘risida yozdi.

Butun dunyoni hayron qoldirgan navbatdagi yangilik 1931 yil chiqadi. Vilsdorf «Pertual» (abadiy) avtoburagichga ega birinchi mexanik soatga patent oldi. Ammo ishbilarmon nemis erishgan yutuqlarida to‘xtashni istamadi va 1954 yil o‘zining shedevri: Rolex Submariner (suv osti kemasi) — birinchi fuqarolik suv osti soatini chiqardi. Shu 1953 yilda ekranga «Agent 007» filmi chiqadi va uning qahramoni Jeyms Bond, «Rolex Submariner» soatini taqib istalgan missiyalarni bajaradi.

O‘zining deyarli bir asrlik tarixi davomida Rolex yana bir necha marta birinchi bo‘ldi: sana yozilgan birinchi qo‘l soati, hafta kunlari ko‘rsatadigan birinchi qo‘l soati va muallaqlik sharoitida ishlaydigan birinchi qo‘l soati.

Rolex yulduzlar orasida misli ko‘rilmagan darajada mashhur bo‘lib, lyuks soatlarni aktyor va aktrisalar, sportchilar, siyosatchilar, musiqachilar taqishadi. Bir yilda Rolex yarim millionga yaqin soat chiqaradi.


Izohlar