Bir piyola mamnuniyat ustida

Gap bugun dunyoning eng mashhur ichimligidan biri — qahva to‘g‘risida boradi. Eriydigan emas, haqiqiy qahva!

22 Dekabr 2016        486      0       Nazima Davletova

Qahva to‘g‘risida juda ko‘p so‘zlar aytilgan, ammo hozirgacha uning sogliqqa foydasi va zarari to‘grisida tajribalar olib boriladi. Turli mish-mishlarni ko‘rib chiqamiz, qancha miqdor zararsiz ekanini aniqlaymiz va o‘z sog‘lig‘i va tashqi ko‘rinishi to‘g‘risida qayg‘uruvchilar uchun maslahatlar beramiz.

Bir piyola mamnuniyat ustida. Фото №1

Zamonaviy hayotda qahva ish imidjining ajralmas bo‘lagi sifatida qabul qilinadi. Yana qaysi ichimlik ishni yarim kechada tugatishga, yoki muhim uchrashuvdan avval tong sahardan «uyg‘otish» ga yordam bera oladi? Poytaxtning aksariyat aholisi uchun o‘zi bilan olingan bir chashka qahva har kungi marosimga va qaysidir darajada rusumli odatga aylangan.

© pinterest.com

Bir piyola mamnuniyat ustida. Фото №2

O‘n yilcha avval Toshkentda qahva ichish madaniyati endi uyg‘ona boshlagan, bu betakror ichimlikning haqiqiy qadrlovchilar juda kam edi. Shaharda mavjud qahvaxonalar sonini esa qo‘l barmoqlarida sanab tugatsa bo‘lardi. Bugungi kunga kelib qahvaxonalarning soni va sifati ancha oshdi. To‘g‘ri, tosh uyli ko‘chalardagi xushbo‘y qahva hidi bilan yo‘g‘rilgan Yevropa bilan solishtirib bo‘lmaydi.

© lacolombe.files.wordpress.com

Bir piyola mamnuniyat ustida. Фото №3

Mening kuzatuvlarim bo‘yicha Toshkentda ko‘proq latte va kappuchino qahvalari mashhur. Masalan Italiyada ertalab juda kam holatlarda sutli qahva ichishadi, ularning tanlovi ko‘pincha achchiq ekspressoda to‘xtaydi. Yevropaliklar qahva ichish uchun juda ko‘p vaqt sarflaydilar. Undan bahra olish uchun yaxshi hamsuhbat bilan birga tatishni maqul ko‘rishadi.

© 4.bp.blogspot.com

Bir piyola mamnuniyat ustida. Фото №4

Bugungi kunda qahva ishlab chiqarish va istemol qilish hajmi, benzindan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Butun dunyo bo‘ylab 25 milliondan ortiq ishchilar va fermerlar qahva yetishtirish bilan band. Har yili istemol qilinadigan qahva ko‘rsatgichi esa 5,5 million tonnaga teng. Kundan kunga qahva ichish madaniyatiga borgan sari ko‘proq odamlar qo‘shilishmoqda. Qahvaxonalar xo‘jayinlari esa turli insonlar uchun har xil navli qahvalarni qaynatib, o‘z qahvaxonalarida betakror kayfiyatni yaratadilar.

© pinterest.com

Bir piyola mamnuniyat ustida. Фото №5

Bir qarashda qahva to‘g‘risida barcha narsa ma`lumdek ko‘rinsada, uning sog‘liq uchun foydasi, zarari va kunlik normasi to‘g‘risida har xil ma`lumotlar bor.

© healthline.com

Bir piyola mamnuniyat ustida. Фото №6

Kofein tufayli qahva juda kuchli stimulyator hisoblanadi. Garvard tibbiyot maktabi olimlari ma`lumotlariga ko‘ra, aynan shu modda aqliy imkoniyatlarni kuchaytirishga va yillar davomida e`tibor va diqqatni saqlashga yordam berar ekan.

© gaiahealthblog.com

Bir piyola mamnuniyat ustida. Фото №7

Ammo qahvani haddan tashqari ko‘p istemol qilish uyquning buzilishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli uyqusizlik kasaliga chalinganlarga kunduzi soat 3 dan so‘ng qahva ichmaslik tavsiya etiladi. Umuman olganda esa, bir sutkada kofeinni istemol qilish normasi 300 mg hisoblanadi, bu uch chashka qahva demakdir.

© pinterest.com

Bir piyola mamnuniyat ustida. Фото №8

Ma`lumki qahva organizmdan kaltsiy yivilishiga ta`sir qiladi. Shu sababli qahvani sut bilan ichish kerak degan gap yuradi. Bu afsona — sut qahvaning organizm tomonidan hazm qilishini murakkablashtiradi, mikroelementlar yo‘qotilishini esa boshqa mahsulotlar bilan qoplagan maqul. Shu sababli chet ellarda o‘simlik asosiga ega sutga e`tibor qilishmoqda. Masalan, soya yoki bodom sutiga.

© pinterest.com

Bir piyola mamnuniyat ustida. Фото №9

Ayollar shuni yodda tutishlari lozim, qahva organizmda suvsizlanishni chaqiradi. Bu degani yuzda va badanda yoqimsiz shishlar hosil qilishi va ajinlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu holatning oldini olish uchun bir chashka qahvadan so‘ng kamida bir stakan ichish lozim.

© static.pexels.com

Bir piyola mamnuniyat ustida. Фото №10

Umuman olgan qahva ichishga to‘g‘ri yondashuvda uning zararidan ko‘ra foydasi ko‘proq. Ilmiy jihatdan ushbu ichimlikning doimiy ravishda istemol qilinishi, ikkinchi qarajali qandli diabet oldini oladi. Buning ustiga qahva ajoyib antioksidantdir, bu degani saraton kasalligini oldini olishda ham u foydalidir. Tabiiy qahva yurak urish ritmini yaxshilaydi, o‘tkazilgan tajribalar u jigar yetishmovchiliklari kasalliklarida ham foydali ekanligini isbotlagan.

© pinterest.com

Bir piyola mamnuniyat ustida. Фото №11

Bir chashka qahva ostidagi qiziqarli va romantik suhbatlar har kunlik yugur-yugur hayotdan qisqa muddatga berkinish imkoniyatidir. Har bir insonning qahva bilan bog‘liq o‘z qarashi va hikoyasi mavjuddir. Bu ichimlikni o‘z organizmingizning o‘ziga xos tomonlari va imkoniyatlariga qarab tanlagan ma`qul. Axir foydali mahsulotlar zavq olib kelishi lozim.

© websta.me

Izohlar