Kardashyanlar oilasining bezatilgan qasri ko'rinishi

Kris Jenner o'z uyini Rojdestvo bayramiga qanday bezatganini ko'rsatdi.

22 Dekabr 2016        1014      0       Polina Agliamova

Kardashyan-Jenner opa-singillarning onasi — Кris Jenner o'zining Kaliforniyadagi dabdabali bezatilgan uyida ekskursiya o'tkazdi va Rojdestvo bayrami munosabati bilan uyni qanday bezatishgani to'g'risida so'zlab berib, dekor muallifi — Jeff Litem bilan tanishtirdi.

Kardashyanlar oilasining bezatilgan qasri ko'rinishi. Фото №1
Amerikaning eng mashhur oilasining onasi uchun, o‘zining Kalabasasdagi uyida Rojdestvo archasini bezatish doimiy odatga aylangan. Ammo bu yil Kris Jenner o‘zini ham ortda qoldirdi. U o‘zi yashaydigan uyni qish ertagiga aylantirdi. Bu ishda unga mashhur dizayner va oila do‘sti — Jeff Litem yordam berdi.

© architecturaldigest.com

Kardashyanlar oilasining bezatilgan qasri ko'rinishi. Фото №2
Katta foyeda beshta doimo yashil, girlyandalar bilan bezatilgan go‘zallar o‘rnatilgan. Ularni o‘rnatish va bezashga deyarli bir sutka kerak bo‘ldi. Zinapoya dastalari kedr, sosna va archa daraxtlari yaproqlari bilan bezatilgan. Ammo bu hammasi emas. «Eng qizig‘i qaysi daraxt asosiy bo‘ladi va butun uy uchun kayfiyatni taqdim etishini hal etish bo‘ldi», deydi Jenner. Litemning so‘zlariga ko‘ra uy sohibasi «konfetli-shik» uslubini maqul ko‘rgan.

Jennerga eng ko‘p yoqqan narsa, buyurtma bo‘yicha yasalgan va Parijdan olib kelingan, AQShda yagona bo‘lgan oq-qizil shisha ayiqdir.

© architecturaldigest.com

Kardashyanlar oilasining bezatilgan qasri ko'rinishi. Фото №3
Mehmonxonadagi kamin ustiga sharlardan yasalgan bezak o‘rnatilgan bo‘lib, u installyatsiyaga yengillikni taqdim etgan. Yoqimtoy kiyiklar oq Rojdestvo paypoqlarini qorovullab turishibdi.

© architecturaldigest.com

Kardashyanlar oilasining bezatilgan qasri ko'rinishi. Фото №4
Kontrast ranglar oshxonada ham aks etgan. Katta stol oq-qizil rangdagi bayram kayfiyatiga mos ravishda bezatilgan. Katak-katak idishlar, qorbobolar bilan bezatilgan likopchalar va lyuks sinf Christofle tilladan yasalgan qoshiq-sanchqilar.

© architecturaldigest.com

Kardashyanlar oilasining bezatilgan qasri ko'rinishi. Фото №5

© architecturaldigest.com

Kardashyanlar oilasining bezatilgan qasri ko'rinishi. Фото №6

© architecturaldigest.com

Kardashyanlar oilasining bezatilgan qasri ko'rinishi. Фото №7

© architecturaldigest.com

Kardashyanlar oilasining bezatilgan qasri ko'rinishi. Фото №8

© architecturaldigest.com

Kardashyanlar oilasining bezatilgan qasri ko'rinishi. Фото №9

© architecturaldigest.com

Kardashyanlar oilasining bezatilgan qasri ko'rinishi. Фото №10

© architecturaldigest.com

Izohlar