Raqsga tush: «Pitti Uomo» ko‘rgazmasining mavzusi raqs bo‘ladi

Erkaklar modasining asosiy voqeasi shiori: «Sen menga qanday raqs tushishingni ayt, men senga qanday kiyinishni aytaman».

22 Dekabr 2016        785      0

9 yanvar kuni Florensiyada erkaklar moda olamidagi muhim voqea — 91-son Pitti Uomo ko‘rgazmasi ochiladi. Bu yil asosiy dasturdan tashqari, tashkilotchilar raqamli art-loyiha «Pitti Dance Off» tayyorlab qo‘yishgan. Unda moda ko‘rgazmasining mavzusi — raqsni aks ettiradi. Loyiha shiori: «Sen menga qanday raqs tushishingni ayt, men senga qanday kiyinishni aytaman».

Raqs san`ati va moda har doim yaqin bo‘lgan, raqs ham moda kabi — o‘z uslubini ko‘rsatish va fikr bildirish usulidir. Modadagi kabi zamonaviy raqsda turli yo‘nalishlar aralashgan — hech kim bir usul bilan chegaralanib qolmaydi. Aksincha, raqqoslar chegaralarni kengaytirish va o‘zlaridan yangiliklar qo‘shishga intiladilar. Aynan shu sababdan «Pitti Immagine» ning vitse-prezidenti Agostino Poletto bu yil raqs orqali o‘zini ko‘rsatishni taklif etmoqda. «Biz raqsga tushamiz va raqs to‘g‘risida, uning barcha erkin shakllari to‘g‘risida suhbatlashamiz. Musiqa tovushidan juftliklarda yoki guruhlarda bahra olamiz».

Suratkashlar Dennison Bertram va Gloriya Mariya Kappelletti, xoreograf Nikoli Bezotstsi bilan birgalikda «Pitti Danse Off» loyihasiga o‘z qarashlarini taqdim etishdi. Suratlar va videotasvirlar seriyasida ular raqsning festivalli tabiatini aks ettirishdi.

Ko‘rgazma munosabati bilan maxsus #PittiSign xeshtegini chiqarishdi: bitta qo‘lning bosh barmog‘ini teppaga qilib, uni ikkinchi qo‘lning kafti bilan ko‘rsatgich barmoqni egkan holda yopasiz. Shunda «Pitti Immagine» timsoli — «P» va «I» harflari paydo bo‘ladi.

Florensiya ko‘chalaridagi mavsum mavzusini raqqoslarning chiqishlari belgilab beradi. Ularning va`da berishlaricha ko‘rgazma o‘tkaziladigan Fortetstsa da Basso qasri larzaga keladi.


Izohlar