Cho‘ntaklarini quritishdi: 2016 yilning eng qimmat kimoshdi savdosi lotlari

Butun dunyodagi kolleksiyachilar nima uchun misli ko‘rilmagan pullarni sarflashdi?

28 Dekabr 2016        1039      0       Alina Musyakaeva

2016 yildagi kimoshdi savdolari shov-shuvlarsiz o‘tmadi, albatta. Rekord narxlarni havo rang javohir, komiksdagi tasvir, Merilin Monroning ko‘ylagi va hatto afrika buqasi ham o‘rnatishdi.

Cho‘ntaklarini quritishdi: 2016 yilning eng qimmat kimoshdi savdosi lotlari. Фото №1
Havo rang «Oppenheimer Blue» brillianti
«Oppenheimer Blue» brillianti Jenevadagi Christie's kimoshdi savdosida bolg‘acha ostidan ketdi. 14,62 karatli betakror tosh o‘rnatilgan uzuk uchun 57,6 mln dollar to‘langan. Taqinchoq nafaqat shu vaqtgacha kimoshdi savdosiga qo‘yilgan eng katta havo rang javohir bo‘ldi, balki eng qimmat zargarlik lotiga aylandi. Uning dastlabki narxi 30 mln dollardan boshlandi va yarim soat davom etdi. Xaridor noma`lum qolishni istadi.
Cho‘ntaklarini quritishdi: 2016 yilning eng qimmat kimoshdi savdosi lotlari. Фото №2
Klod Mone «Somon uyumi»
Fransiyalik rassom Klod Monening «Somon uyumi» (La Meule, 1891) kartinasi Nyu-Yorkdagi Christie's kimoshdi savdosida, fransuz rassomi asarlari uchun rekord bo‘lgan summa — 81,4 mln dollarga sotildi. Bundan avvalgi rekord 1 mln ga kam, 80 mln bo‘lgan edi. Kartinani xarid qilish uchun 5 xaridor bellashdi, savdoning o‘zi esa 14 daqiqa davom etdi. «Somon uyumi» shu nomdagi, 25 ta asardan iborat seriyaga kiradi.
Cho‘ntaklarini quritishdi: 2016 yilning eng qimmat kimoshdi savdosi lotlari. Фото №3
Hermès Birkin
Himolay timsohi terisidan tikilgan Birkin sumkasi, 2016 yilning may oyida Gongkongdagi Christie's kimoshdi savdosida rekord o‘rnatdi. Aksessuar bolg‘a ostidan 300,1 ming dollarga ketdi. Furniturasi 750-proba oq oltindan yasalib, javohirlar bilan qoplangan sumka, dastlab 194-259 ming dollarda baholangan edi. Ammo u bu narxdan ancha oshib keta oldi. Savdoga qo‘yilgan sumka 2008 yilda chiqarilib, bitta usta tomonidan qo‘l mehnati orqali yaratilgan. Timsoh terisini u oq rangga, Himolay tog‘ining qorli cho‘qqilarini ko‘rsatish maqsadida bo‘yagan.
Cho‘ntaklarini quritishdi: 2016 yilning eng qimmat kimoshdi savdosi lotlari. Фото №4
"Tintinning sarguzashtlari" seriyasidagi «Oydagi sayohatchilar» varog‘i
«Tintinning sarguzashtlari» seriyasidagi «Oydagi sayohatchilar» komiksining asl tasviri, Parijdagi kimoshdi savdosida 1,55 mln yevroga sotildi. Eng qimmat varoqning hajmi bor-yo‘g‘i 50 sm ga 35 sm bo‘lib, xitoycha siyohda chizilgan. Uni belgiyalik rassom Jorj Remi (butun dunyoga Erje nomi bilam mashhur) 1954 yilda chizgan. Oradan 62 yil o‘tgandan so‘ng esa tasvir, Artcurial kimoshdi Uyida bir komiks varog‘i uchun rekord ko‘rsatgichda sotildi. Dastlab varoq ikki barobar arzon — 700-900 ming yevroga baholangan edi.
Cho‘ntaklarini quritishdi: 2016 yilning eng qimmat kimoshdi savdosi lotlari. Фото №5
Patek Philippe Ref. 1518
1943 yil chiqarilgan «Patek Philippe Ref. 1518» qo‘l soati, Phillips kimoshdi savdosida 11,2 mln dollarga ketdi. Patek Philippe Ref. 1518 modeli bir umrlik taqvim, oy fazalarini ko‘rsatuvchi xronograf va arab raqamlari bilan ta`minlangan. O‘zining dastlabki narxidan to‘rt barobar qimmatga sotilishi, ushbu soatni kimoshdi savdosida shu vaqtgacha sotilgan eng qimmat qo‘l soatiga aylantirdi. Savdoni tashkillashtirganlarning so‘zlariga ko‘ra, «Patek Philippe Ref. 1518» soatlari 1941 yildan buyon 281 dona, asosan sariq yoki pushti rang tilladan chiqarilgan. Po‘lat «Ref. 1518» dan atigi 4 dona mavjud.
Cho‘ntaklarini quritishdi: 2016 yilning eng qimmat kimoshdi savdosi lotlari. Фото №6
Qora afrika buqasi — Gorizont
Gorizont laqabli eng qimmat afrika buqasini 11,1 mln dollarga baholashdi. Unga janubiy afrikalik biznesmen Piter Bellingem 2,8 mln dollar tikkan. Qora buqa «dunyodagi eng yaxshi genlarga» ega bo‘lib, o‘z turida eng qimmatga aylandi. Bellingemdan tashqari Gorizontning yana uchta egasi bo‘lib, ular buqani bir yilda o‘nta sigir bilan qo‘shish va avlodini ko‘paytirish huquqiga egalar. Gorizont shoxlarining yirikligi (birgalikda 140 santimetr) va butunlay sog‘lomligi bilan qadrlanadi. Jumladan, u Janubiy Afrika qora buqalari keng kasal bo‘ladigan sil kasali bilan kasallanmagan.
Cho‘ntaklarini quritishdi: 2016 yilning eng qimmat kimoshdi savdosi lotlari. Фото №7
Jan Lui yaratgan Merilin Monro ko‘ylagi
Aktrisa 1962 yil AQSh prezidenti Jon Kennidiga bag‘ishlangan o‘zining mashhur «Happy Birthday» qo‘shig‘ini kuylaganda kiygan Merilin Monroning ko‘ylagi, Julien's Auctions kimoshdi savdosida sotildi. Fransuz modelyeri Jan Lui eskizlaridan tikilgan ko‘ylak 4,8 mln dollarga sotildi. 2,5 ming toshlardan tikilgan yarimharir ko‘ylakni aktrisaning o‘zi «teri va biser» deb atar edi. Teri rangiga o‘xshashligi va yopishib turishi tufayli, uni kiygan aktrisa yalang‘ochga o‘xshab ko‘rinar edi.
Cho‘ntaklarini quritishdi: 2016 yilning eng qimmat kimoshdi savdosi lotlari. Фото №8
Salvador Dalining lobster-telefoni
Salvador Dalining lobster-telefoni Christie's savdolarida 1 mln dollarga baholandi. Bu g‘aroyib buyumni haykaltarosh XX asrning 30-yillarida shoir va metsenat Edvard Jeyms uchun yaratgan. Rassom o‘shanda moliyaviy qiyinchiliklarga duchor bo‘lgandi. Shunda Jeyms unga asarlari uchun har oy pul to‘lab borishni taklif etadi. Salvador Dali lobster-telefonni insonlarni bir-biridan uzoqlashtiradigan texnika avlodiga qarshiligini ko‘rsatish uchun yaratgan edi. Rassom oddiy telefon apparatini olib, uning trubkasini dengiz qisqichbaqasi shaklidagi gips bilan yopdi.
Cho‘ntaklarini quritishdi: 2016 yilning eng qimmat kimoshdi savdosi lotlari. Фото №9
Xitoy imperatori Syanlunning muhri
Qizil va oq nefritdan tayyorlangan XVIII asrga tegishli muhr, to‘qqizta o‘yma ajdarlar bilan bezatilgan. Ushbu muhr Xitoy imperatori Syanlunga tegishli bo‘lib, Drouot kim oshdi savdosida dastlabki bahosidan 20 barobar qimmatga sotildi. Xitoylik kolleksiyachi bu tarixiy buyumga 21,8 mln dollar to‘ladi.

Izohlar