Faraday Future: Tesla Model X ning «qotili»

CES 2017 ko'rgazmasida kelajakning elektrda yuradigan superkrossoveri — FF91 taqdim etildi. Mana sizga Xitoy avtopromi.

Elektromobillar bozorida Tesla Motors bilan raqobatlashishni rejalashtirayotgan «Faraday Future» kompaniyasi, o'zining birinchi modeli — elektrda yuruvchi krossover FF 91 ni taqdim etdi. Seriyaoldi prototipining premyerasi Las-Vegasda o'tayotgan CES 2017 iste`molchilar elektronikasi Xalqaro ko'rgazmasida bo'lib o'tdi.

Дамир Сагдиев

6 Yanvar 2017

  594     0

Faraday Future: Tesla Model X ning «qotili». Фото №1

Yangilikni ixcham avtomobil deb atab bo'lmaydi. FF 91 ning gabaritli uzunligi 5,2 metr, eni — 2,28 metr, balandligi — 1,59 metr, g'ildiraklar bazasi razmeri esa 3,6 metrdir. Bunda krossover nafaqat Tesla Model X ni ortda qoldiradi, balki «Cadillac Escalade» dan ham kattaroqdir.

Faraday Future: Tesla Model X ning «qotili». Фото №2

Elektromobilni ishlab chiqarishda asosiy e`tibor aerodinamikaga qaratildi. Mashina futuristik eksteryerga va noan`anaviy shakldagi kuzovga ega bo'ldi. «Lobovoy» qarshilik koeffitsiyenti Faraday Future FF 91 da — 0,25 ga teng, Tesla Model X da esa bu ko'rsatgich 0,24.

Faraday Future: Tesla Model X ning «qotili». Фото №3

Aerodinamik «spitsalar» ga ega 22-dyuymli o‘ziga xos g‘ildirak disklari, katta tezliklarda g‘ildirak ichiga havo oqimining kirishini kamaytiradi.

Faraday Future: Tesla Model X ning «qotili». Фото №4

Avtomobil «Faraday Future» kompaniyasi tomonidan shaxsan yaratilgan yangi modulli platformada qurilgan. U adaptiv podveska va to‘liq boshqariladigan shassi bilan ta`minlangan.

Faraday Future: Tesla Model X ning «qotili». Фото №5

Bu avtomobil dunyodagi eng tez avtomobillardan biri bo‘lib, maksimal tezligi 300km/s ga yaqin bo‘ladi. «Yuz» tezlikka erishish uchun esa atigi 2,4 soniya talab etiladi xolos. Masalan, Tesla Mosel X ga buning uchun 3,2 soniya talab etiladi. Umuman olganda Tesla Motors boshqa barcha parametrlar bo‘yicha ham FF 91 ga yutqazadi.

Faraday Future: Tesla Model X ning «qotili». Фото №6

Kuzov ostida haqiqiy «qiyma» — umumiy quvvati 1050 ot kuchiga (1800 H.m) ega 4 ta elektromotor, to‘liq privod tizimi va sig‘imi 130 kVt s bo‘lgan Janubiy Koreyaning LG Chem kompaniyasi chiqargan litiy-ionlu batareyka. Tesla uchun esa faqatgina 100 kVt s li akkumulyatorga buyurtma berish mumkin.

Faraday Future: Tesla Model X ning «qotili». Фото №7

To‘liq quvvatlangan batareykada yurish masofasi pasportda 607 km ko‘rsatilgan, batareykani 240 V li tarmoqdan 50% quvvatlab olish uchun esa 4,5 soat talab etiladi.

Faraday Future: Tesla Model X ning «qotili». Фото №8

Faraday Future FF 91 ko‘plab datchiklarga ega zamonaviy avtopilot tizimi bilan ta`minlangan. Krossover yuqori aniqlikdagi 10 ta kamera, 12 ta ultrato‘lqinli datchik, 13 ta maxsus radar va bitta ishlash vaqtida «kapot» dan chiqadigan optik masofa o‘lchagich LIDAR ga ega.

Faraday Future: Tesla Model X ning «qotili». Фото №9

Avtomobil haydovchisiz parkovka qiladi va o‘zi mustaqil ravishda egasi yoniga kela oladi. Buyruqlarni berish uchun firmaning mobil ilovasidan foydalanish lozim. Ammo ishlab chiqaruvchilar o‘z mashinalarini 100% li «bespilotnik» deb atay olmasliklarini tan olishgan, chunki dastur hozircha to‘liq ishlab chiqilmagan. Avtonom boshqarish uchun barcha funksiyalar FF 91 konstruksiyasiga kiritilgan. Yaqin kelajakda haydovchi rul va pedallarga tegmasdan yurish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Faraday Future: Tesla Model X ning «qotili». Фото №10

Faraday Future FF 91 dunyodagi birinchi kalit talab qilmaydigan elektromobil bo‘ladi. Yuzga qarab aniqlash tizimi tufayli mashina o‘z esasini taniydi va eshik qulflarini u yaqinlashayotgan vaqtda ochadi.

Faraday Future: Tesla Model X ning «qotili». Фото №11

Agar haydovchilar bir nechta bo‘lsa, tizim avtomat tarzda haydovchi o‘rindig‘ini, iqlim-kontrolini to‘g‘irlaydi va har biri uchun mos qo‘shiqni yoqadi.

Faraday Future: Tesla Model X ning «qotili». Фото №12

Bundan tashqari FF 91 internetga ulana oladi, tugma bosilga ko‘tariladigan panoramali shisha tomga ega, orqa o‘tirg‘ichlarda bemalol yotsa bo‘ladi, chunki ular 60 darajagacha yoyiladi. Mercedes-Maybach da bu ko‘rsatgich — 43 gradusga teng.

Faraday Future: Tesla Model X ning «qotili». Фото №13

Kompaniya FF 91 larga buyurtma olishni allaqachon o‘z saytida boshlab yuborgan. Avvaldan to‘lab qo‘yiladigan narx $5 ming, ammo mashinaning to‘liq narxi sir tutilmoqda (mish-mishlarga ko‘ra $150-200 ming). Birinchi 300 krossover maxsus komplektatsiyada kuzovning eksklyuziv rangi va salon bezagi bilan chiqariladi.

Faraday Future: Tesla Model X ning «qotili». Фото №14

Krossoverni Nevadadagi «Faraday Future» ning shaxsiy zavodida ishlab chiqarishadi. Birinchi xaridorlar o‘z mashinalarini 2018 yil oladilar.


Izohlar