«Oltin globus 2017» g‘oliblari

Los-Anjelesda nufusli kinomukofot laureatlarini e`lon qilishdi.

9 Yanvar 2017        849      0       Alina Musyakaeva

8 yanvar kuni Los-Anjelesdagi «Beverli-Xilton» mehmonxonasida eng muhim kinomukofotlaridan biri — «Oltin globus» taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimni olib borishni birinchi marta komik va teleboshlovchi Jimmi Fellonga ishonib topshirishdi. Mukofot yulduziga birvarakayiga yettita mukofotni qo‘lga kiritgan Dimyen Shazellning «La-La Lend» filmi aylandi. Film absolyut rekordchiga aylandi — hech qaysi kartina shu vaqtgacha bunaqa «hosildor» bo‘lmagan edi.

«Oltin globus 2017» g‘oliblari. Фото №1
«Komediya yoki myuziklning eng yaxshi aktyori» va «Komediya yoki myuziklning eng yaxshi aktrisasi» yo‘nalishlari g‘oliblari Rayan Gosling va Emma Stoun («La-La-Lend»).
«Oltin globus 2017» g‘oliblari. Фото №2
Aktrisa Sara Polson «Telefilm yoki mini-serialning eng yaxshi aktrisasi» yo‘nalishida «Jinoyatlarning amerikancha hikoyasi» serialidagi roli uchun g‘olib deb topildi.
«Oltin globus 2017» g‘oliblari. Фото №3
Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor deb, «Tun zulmati ostida» filmidagi Rey Markus roli uchun, Aaron Teylor-Jonson topildi.
«Oltin globus 2017» g‘oliblari. Фото №4
Fransiyalik Izabel Yupper, «U» filmidagi roli uchun dramatik filmning eng yaxshi aktrisasi unvonini qo‘lga kiritdi. Rejissyor Pol Verxovenning trilleri shuningdek «Eng yaxshi chet el filmi» deb tan olindi.
«Oltin globus 2017» g‘oliblari. Фото №5
Ikkinchi planning eng yaxshi aktrisasi nomi «To‘siqlar» filmidagi roli uchun Viola Devisga basib etdi.
«Oltin globus 2017» g‘oliblari. Фото №6
Yil amerikalik aktyor Billi Bob Tornton uchun omadli keldi. «Goliaf» serialidagi roli uchun u «Dramatik serialdagi eng yaxshi aktyor» deb topildi.
«Oltin globus 2017» g‘oliblari. Фото №7
«Telefilm yoki mini serialning eng yaxshi aktyori» — Tom Xiddlston («Tungi administrator»).
«Oltin globus 2017» g‘oliblari. Фото №8
Xiddlstonning «Tungi administrator» serialidagi hamkasbi Xyu Lori ham e`tiborsiz qolmadi. Britaniyalik aktyor «Serial yoki mini serialdagi ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor» mukofotini qo‘lga kiritdi.
«Oltin globus 2017» g‘oliblari. Фото №9
«La-La Lend» filmi ijodkorlari birdaniga bur nechta mukofotlarni: «Eng yaxshi komediya yoki myuzikl», «Eng yaxshi rejissyor», «Eng yaxshi stenariy», «Eng yaxshi musiqa», «Eng yaxshi qo‘shiq» qo‘lga kiritishdi.
«Oltin globus 2017» g‘oliblari. Фото №10
«Dengiz qirg‘og‘idagi Manchester» filmidagi roli uchun Keysi Afflek «Dramatik filmdagi eng yaxshi aktyor» mukofotini qo‘lga kiritdi.

Izohlar