«Oltin globus» mukofotining eng yaxshi ayol siymolari

Yulduzlardan kimlar qizil gilamda porlagani, kimning tanlovi uslub va did ko'rsatgichiga aylangani bilan tanishing.

10 Yanvar 2017        1770      0

Mukofotga loyiq topilganlar ismlari e`lon qilindi va ular o'z sovg'alarini qo'lga kiritdilar, endi esa boshqa masalalarni ham — to'g'rirog'i yulduzlar qizil gilamda qanday ko'rinish berganlarini muhokama etish mumkin. Bekorga «Oltin globus» mukofoti «Oskar» ga tayyorgarlik ko'rish jarayoni deb aytishmaydi. Yulduzlar uslubchilar, vizajistlar jamoasi bilan birgalikda tomoshabinlar va tanqidchilar oldida butun chiroylarini ko'rsatishga astoydil harakat qiladilar. Ba`zilar o'z liboslari bilan ularni ham bularni ham lol qoldirishning uddasidan chiqadilar. Moda jurnallari esa qizil gilamdagi obrazlar misolida oqshom liboslari trendlarini muhokama etadilar. Biz ham yulduzlardan kimlar to'g'ri tanlov qilganini muhokama qilib ko'ramiz.

«Oltin globus» mukofotining eng yaxshi ayol siymolari. Фото №1
Aktrisa Bleyk Layvli «Atelier Versace» ning shleyfli qora baxmaldan tikilgan va metallni eslatuvchi matodan bezatilgan ko'ylagini tanlab adashmadi. Yaqindagina ikkinchi marta onalik baxtiga sazavvor bo'lgan aktrisa ajoyib qomat va so'nggi moda trendlariga amal qilishini ko'rsatdi. Mavsumning eng aktual matosi — baxmal va metallni eslatuvchi bezakli libos. O'z libosi bilan Bleyk barcha tanqidchilarni lol qoldirdi va ular aktrisani qizil gilamdagi eng yaxshi obraz deb tan olishdi. O'z libosini Layvli «Lorraine Schwartz» zargarlik brendining yirik toshli bilakuzuk-kaffalari bilan boyitdi.
«Oltin globus» mukofotining eng yaxshi ayol siymolari. Фото №2
«Komediya yoki myuziklning eng yaxshi aktrisasi» — Emme Stoun taqdimotda «Valentino» yaratgan nafis ko'ylakda paydo bo'ldi. Pushti tusdagi yengil makiyaj, elegant ravishda yig'ilgan sochlar va «Tiffany & Co» dan badavlat bo'yin taqinchog'i birgalikda ajoyib romantik obrazni yaratdi.
«Oltin globus» mukofotining eng yaxshi ayol siymolari. Фото №3
«Yovvoyi sharq olami» serialidagi Dolores roli ijrochisi — aktrisa Evan Reychel Vud «Altuzarra» brendining klassik smokinggini tanlab adashmadi. Ajoyib ayol qomati erkaklar smokingida judaham yutuqli qo'rindi. Nafislikni aktrisa bo'yinbog' o'rniga taqilgan bant bilan ta`minladi.
«Oltin globus» mukofotining eng yaxshi ayol siymolari. Фото №4
Qora rang klassikasiga yana bir misol — aktrisa Tereza Palmerning «Armani Privé" libosidagi obrazidir. Baxmal qora ko'ylak elagantlik va badavlatlik belgisi.
«Oltin globus» mukofotining eng yaxshi ayol siymolari. Фото №5
Aktrisa Regina King qizil gilamda «Romona Keveza» ning libosida chiroy ochdi. Bamisoli yaltiroq toshlar bilan burkangan ko'ylak, bayramona va tugallangan obrazni yaratdi.
«Oltin globus» mukofotining eng yaxshi ayol siymolari. Фото №6
Dryu Berrimor «Oskar» ning asosiy tayyorgarligiga, och-kul rang shifondan kumush rang va oq payetkalar bilan grafik bezak berilgan «Monique Lhuillier» libosida tashrif buyurdi.
«Oltin globus» mukofotining eng yaxshi ayol siymolari. Фото №7
Riz Uizerspun o'z tanlovini «Atelier Versace» hisobiga hal etdi. Ko'ylak sariq tusda bo'lib, aktrisaning qomatini ajoyib ko'rsatdi. Zargarlik bezagi sifatida «Tiffany & Co» brendining tilla kolyasi tanlandi.
«Oltin globus» mukofotining eng yaxshi ayol siymolari. Фото №8
Aktrisa Emi Adams «Tom Ford» yaratgan, qora payetkalar bilan boshdan oyoq bezatilgan libosni ma`qul ko'rdi. Ushbu libos uchun soch turmagi ajoyib tanlangan — tashlangan tekis sochlar va ko'zlarga ko'proq e`tibor qaratilgan kechki makiyaj.
«Oltin globus» mukofotining eng yaxshi ayol siymolari. Фото №9
Priyanka Chopra suratkashlar oldida oltin rang va payetkalar bilan to'liq bezatilgan «Ralph Lauren» ko'ylagida paydo bo'ldi.
«Oltin globus» mukofotining eng yaxshi ayol siymolari. Фото №10
«Olam go'zali-2012» Oliviya Kulpo o'zini kinoda sinab ko'rmoqda. Hozirgi kuda u faqatgina «Oltin globus-2017» ning qizil gilamida, «Zuhair Murad Couture» yaratgan libosda o'zini ko'rsata oldi.
«Oltin globus» mukofotining eng yaxshi ayol siymolari. Фото №11
Krissi Taygen «Marchesa» brendi dizayneri Jorjina Chapman yaratgan oqshom libosiga ishondi.
«Oltin globus» mukofotining eng yaxshi ayol siymolari. Фото №12
«Yovvoyi g'arb olami» seriali yulduzi Tendi Nyuton «Monse» brendining oddiy ko'ylagini tanladi. «Monse» brendi — «Oscar de la Renta» dan chiqqan dizaynerlar Laura Kim va Fernando Garsiyaning «farzandi».
«Oltin globus» mukofotining eng yaxshi ayol siymolari. Фото №13
Hech qachon qarimaydigan model Naomi Kempbell «Atelier Versace» brendi libosida.

Izohlar