Agent Kuper «Tvin Piks» ga qaytmoqda

Mashhur serialning yangi mavsumi premyerasi sanasi e`lon qilindi. Nega uni kutish kerakligi to‘g‘risida so‘zlab beramiz.

11 Yanvar 2017        388      0       Alina Musyakaeva

1990-yillarning eng sevimli seriallaridan biri «Tvin Piks» 2017 yilning 21 may kuni ekranlarga qaytadi. Yangi, 18 seriyadan iborat hisob bo‘yicha uchinchi mavsum, bir haftada bir marta Showtime telekanalida namoyish etiladi. Premyera epizodi ikki soat davom etishi ma`lum qilingan. Barcha yangi seriyalarni Devid Linch suratga olgan. Premyera Kanndagi kinofestivalda bo‘lib o‘tish ehtimoli katta. Bu to‘g‘rida telekanal boshlig‘i Devid Nevins xabar berdi.

Agent Kuper «Tvin Piks» ga qaytmoqda. Фото №1

Nevins shuningdek, premyeradan so‘ng darhol telekanal saytida yangi mavsumning uchinchi va to‘rtinchi epizodlarini ko‘rish mumkin bo‘ladi, deb xabar bermoqda Deadline. U serial har biri bir soatdan davom etadigan 18 ta epizod bo‘lishini ma`lum qilgan. Dastlab Devid Linch «Tvin Piks» ning yangi mavsumini bitta film sifatida suratga olgan. Ammo seriayalar soni noma`lum bo‘lganligi sababli uni epizodlarga ajratishga qaror qilgan. Yangi seriyalar haftasiga bittadan ekranga chiqadi. «Bizda unitilmas 18 soat bo‘ladi», — deb izoj bergan Nevins.

Vashington shtatining Tvin Piks shaharchasida sirli qotillik sodir bo‘ladi. Noma`lum shaxs maktab qirolichasi Lora Palmerni qattiqqo‘llik bilan o‘ldiradi va uning tanasini suvga tashlab yuboradi. Jinoyatni ochish uchun shaharga FBR agenti Deyl Kuper keladi. Sherif Truman bilan birgalikda agent ishni ocha boshlaydi va o‘zi uchun bu yerning bir qarashda tinch va sokin aholisining dahshatli va mistikaga to‘la hayoti tomonini ochadi. Shu tariqa Devid Linchning «Tvin Piks» serialining birinchi mavsumi boshlanadi. Uning birinchi seriyasi ABC telekanalining efirida 1990 yil 8 apreli kuni, so‘nggi seriyasi esa 1991 yil 10 iyun kuni chiqarilgan edi. Oradan 20 yil o‘tib sehrli shahardagi hikoyaning davomi chiqarilishi ma`lum bo‘ldi.

Agent Kuper «Tvin Piks» ga qaytmoqda. Фото №2

«Tvin Piks» serialining uchinchi mavsumi chiqishi qator to‘siqlardan o‘tdi. Devid Linch serialning davomini ishlashi 2014 yilning oktyabr oyida ma`lum bo‘lgan edi. Devid Linch o‘z Twitterida quyidagi so‘zlarni qoldirdi: «Twitter dagi do‘stlarim: Sizlarning sevimli chaynash uchun saqichlarining yana modaga qaytadi» va xabarni «juda ham ajoyib kofe» xeshtegi bilan belgiladi. Bu mashhur sitataga xeshteg «Tvin Piks» davom etishini anglatdi.

Reja bo‘yicha 2016 yil to‘qqizta seriya chiqishi kerak edi. Sal kechroq serialda ishtirok etishini aktyor Kayl Maklaxen (Deyl Kuper rolini ijro etgan) tasdiqladi. 2015 yil aprelida Devid Linch o‘zining feysbukdagi sahifasida teleshou ustida ishlashdan bosh tortishi to‘g‘risida yozgan edi va bunga sabab «Showtime» telekanali bilan kelib chiqqan moliyaviy kelishmovchiliklarni ko‘rsatgan edi. Oxir-oqibat amerikalik rejissyor 2016 yil serial ustida ishlashni davom ettirishini ma`lum qildi. Aprel oyida yangi mavsumning to‘liq aktyorlik tarkibi e`lon qilindi.

Agent Kuper «Tvin Piks» ga qaytmoqda. Фото №3

Yangi «Tvin Piks» aktyorlari orasida aktrisa va model Monika Belluchi, britaniyalik aktyor Tim Rot va anliya-avstraliyalik aktrisa Naomi Uottslar bor. O‘ylab topilgan shaharcha aholisi qatorida aktyorlar Jeyms Belushi, Amanda Seyfrid va Eshli Jaddlar bor. Birinchi ikki mavsumda suratga tushgan Devid Duxovni, Sheril Li, Devid Patrik Kelli va Sherilin Fennlar ham serialga qaytishgan. Rejissyorning o‘zi ham FBR agenti Gordon Koul rolida chiqadi.

Agent Kuper «Tvin Piks» ga qaytmoqda. Фото №4

«Tvin Piks» ga nafaqat tanish aktyorlar va musiqa uchun, balki bu o‘ylab topilgan shaharchaning kichik detallarini aniqlash uchun ham qaytish kerak.

Agent Kuper «Tvin Piks» ga qaytmoqda. Фото №5

Kengroq qaraydigan bo‘lsak Linch ijodini 1990-yillar modasining qayta tug‘ilishiga sababchi deb qabul qilish mumkin. «Tvin Piks» ning misolida ko‘plab seriallar ham bu yo‘ldan borib o‘z davomini olishni boshlashi ham ehtimoldan holi emas.

Izohlar