Florensiya — uslubli o‘ziga tortish markazi

Ko‘p sonli streetstyle-fototasvirlar seriyasi «Pitti Uomo 91» erkaklar modasi ko‘rgazmasining birinchi kunini tasvirlaydi.

Florensiyada erkaklar moda olamidagi eng muhim voqea — «Pitti Imagine Uomo» o‘z ishini boshladi. Ko‘rgazma bu yil 91-marta o‘tkazilmoqdi. Renessans italyan qasrlari qurshovida erkaklar modasi qonunini belgilovchilar, dizaynerlar, bayerlar va blogerlar so‘nggi trendlarni, erkaklar moda olamidagi so‘nggi yangiliklarni va fikrlarni muhokama etishadi.

Nomdor brendlar ko‘rgazmada o‘zlarining eksklyuziv kolleksiyalarini namoyish etishadi, taklif etilgan maestrolar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishadi, yosh dizaynerlarda esa o‘zlarini ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bu yil 10 yanvardan 13 yanvargacha bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmada asosiy taklif etilgan mehmonlar Tommi Xilfiger va britaniyalik dizayner Pol Smitlar bo‘lishadi. Mavsumning asosiy mavzusi, avval xabar berganimizdek raqs tanlangan.

«Pitti Uomo» ko‘rgazmasi o‘tkazilayotgan vaqtda Florensiya eng uslubli erkaklar uchun markazga aylanadi. Buning isboti «streetstyle» uslubida olingan yorqin fotosuratlar hisoblanadi. Ularda ikir chikirlargacha o‘ylangan obrazlar, eng dovyurak yechimlar, mavsumning oldi trendlari va haqiqiy uslub hissi aks etgan. Zavqlaning va e`tiborga oling.

Anetta Tyan

11 Yanvar 2017

  673     0

<% images.indexOf(activeImage) + 1 %> / <% images.length %>

<% activeImage.photographer %>
  Asosiy sahifaga

Izohlar