Zanjabil to‘g‘risida «achchiq haqiqat»

Mavsumiy foydali mahsulotlar to‘g‘risida so‘zlashda davom etamiz. Bugungi qahramonimiz — zanjabil!

7 Aprel 2017        22389      0       Nazima Davletova

Mening shiorim — «foydali narsa mazzali bo‘lishi lozim». Tabiat tomonidan yaratilgan mahsulotlar g‘aroyib davolash va oziqlantirish hususiyatlariga ega. Faqat biz ko‘pincha buni qadriga yetmaymiz. Ularni har kungi tanovvul qiladigan mahsulotlaringiz qatoriga qo‘shish, sizni hayotingizni ancha sog‘lomlashtirib, ko‘pgina kasalliklardan himoya qilishi mumkin. Shu o‘rinda, zanjabildan qanday va nimalar uchun foydalanish mumkin ekanligini aniqlab o‘tamiz.

Zanjabil to‘g‘risida «achchiq haqiqat». Фото №1
Mening bu ildiz-meva bilan tanishishim Yaponiyada o‘qib yurgan vaqtimda boshlangan. O‘qishga yetib borishimiz bilan bizning barchamiz birdaniga shamollab qoldik va mamlakatning nam va shamolli iqlimiga o‘rganishimiz juda qiyin kechdi. Bitta hamma yangi narsalarga qiziqadigan dugonamiz uyga zanjabil olib keldi va tantanali ravishda «Bu barcha shamollashlarni davolar ekan!», deb e`lon qildi. «Yaponlar faqat shu bilan shamollashni yengishar ekan».

Zanjabilli choydan bir ho‘plam ichib ko‘rib, yaxshisi boshqa narsa bilan davolanaman deb qo‘ydim. Uning notanish ta`mi og‘izda anchagacha qoldi. Ammo Yaponiyadagi hayot odamlarni o‘zgartiradi, bir yildan so‘ng men onamga limon yoki asal qo‘shilgan zanjabilli siropni sotib olish uchun do‘konga yuguradigan bo‘ldim.
Zanjabil to‘g‘risida «achchiq haqiqat». Фото №2
Bizning bozorlarda janjabil ancha yangi mahsulot, ammo Osiyoda, Amerikada va Yevropada undan ancha keng foydalanishadi. Zanjabilga uning foydali hususiyatlari uchun «superfud» (supermahsulot) nomini berishgan. Chet el do‘konlarida zanjabilning barra ildizlarini, sirka-moyli sozlanganini (sushi bilan tortishadi), quritilganini, kristallanganini va hatto kukun ko‘rinishida ham sotishadi. Turli kokteyllar uchun sirop ko‘rinishini, tibbiyotda esa moy ko‘rinishini qo‘llashadi.

© wholenourishedlife.com

Zanjabil to‘g‘risida «achchiq haqiqat». Фото №3
Zanjabil istalgan oshxona retseptini o‘zining xushbo‘y isi va betakror ta`mi bilan boyita oladi. Bu hoh shifobaxsh o‘tli choy bo‘lsin, hoh pirog yoki pechenye, hah go‘shtli taom, hoh dengiz mahsulotlari — barchasida zanjabil o‘zicha ochiladi.
Zanjabil to‘g‘risida «achchiq haqiqat». Фото №4
Zanjabil, ayniqsa uning yangi uzilgan ildizi, o‘zining o‘g‘riqni qoldiruvchi va shamollashga qarshi hususiyatlari uchun «jinjerol» moddasiga minnatdorchilik bildirishi kerak. Bu modda ildizmevaga nafaqat o‘tkir, yorqin rang va mazza beradi, balki «dengiz kasali», homiladorlikdagi ko‘ngil aynishi, operatsiyalardan so‘ng tiklanish va hatto kimyoviy terapiyadan keyingi holatlarda ham ajoyib yordam beradi. Samolyotda uchishdan avval bir piyola zanjabilli choy ichsangiz adashmaysiz, bunda uchishni ancha yengil o‘tkazasiz.

© makpal.com

Zanjabil to‘g‘risida «achchiq haqiqat». Фото №5
Sovuq tushishi bilan inson organizmiga issiqlik va shamollashlarga qarshi kurashish uchun immunitetiga yordam kerak bo‘ladi. O‘z kunlik taomnomangizga zanjabilning qo‘shilishi yuqumli kasalliklarni oldini olishda ko‘maklashadi, yo‘tal va burun bitishi bilan kurashishda asqotadi. U shuningdek istmani tushirish hususiyatiga ham ega. Huddi shu narsa ayollarning shamollash kasalliklariga va ular bilan bog‘liq og‘riqlarga ham tegishlidir.

Umuman olganda zanjabildan bo‘g‘imdagi o‘g‘riqlardan, suyak og‘riqlaridan qutulish uchun ham foydalanishadi. Jorjiya Universiteti o‘tkazgan tajribalarga ko‘ra, zanjabilning har kuni tanovvul qilinishi sport bilan shug‘ullangandan keyingi og‘riqlarni 25% ga kamaytirgan.

© theexceptionalhealthcompany.com

Zanjabil to‘g‘risida «achchiq haqiqat». Фото №6
Bonus sifatida esa bakteriyalar chaqirgan og‘iz bo‘shlig‘idagi yoqimsiz hidlardan qutilasiz, ovqat hazm qilish tizimini yaxshilaysiz. Zanjabil tomiri ancha ko‘p antioksidantlarga ega, bu degani saraton kasalliklarining oldini oladi demakdir. Saraton kasalliklarini oldini olish bo‘yicha tadqiqotlar jurnali chop etgan dokladda, janjabilning har kuni iste`mol qilinishi yo‘g‘on ichak saratoni kasaliga chalingan bemorlarning ahvoli yaxshilanishiga ta`sir qilgan.

© cookingsensemag.com

Zanjabil to‘g‘risida «achchiq haqiqat». Фото №7
30 ta yo‘g‘on ichak saratoni kasalligi bilan og‘rigan bemor bilan o‘tkazilgan tajriba, AQShning Milliy tibbiyot kutubxonasida chop etildi. Unga ko‘ra, zanjabilning to‘xtovsiz iste`mol qilinishi shamollash jarayonlarini ancha pasaytirgan, bu degani saraton kletkalarining o‘sishi kamayganini bildiradi.

© fruktomin.com

Zanjabil to‘g‘risida «achchiq haqiqat». Фото №8
Bu bilan zanjabilning sehrli hususiyatlari tugamaydi. Butun dunyoga mashhur doktor Merkolaning aytishicha, bu achchiq ildizmeva qondagi shakar miqdorini normallashtiradi. Bu qand diabeti bilan og‘rigan bemorlar, shunchaki o‘z sog‘ligi va vazni uchun qayg‘uradiganlar uchun juda muhimdir.

© cdn1.bigcommerce.com

Zanjabil to‘g‘risida «achchiq haqiqat». Фото №9
Zanjabildan kosmetik vosita sifatida ham foydalanishadi. Avvaldan bu o‘simlik yoshartirish va namlantirish hususiyatiga ega ekanligi ma`lum. Ba`zilar zanjabil kukunini turli yuz uchun maskalarga qo‘shishni ma`qul ko‘radilar. Bunda men birinchi o‘rinda kukunnning tabiiy ekanligiga e`tibor qaratishni, ikkinchidan esa ta`sirchan teri uchun bunday maskadan foydalanmaslikni maslahat berar edim.

© lionesse.us

Zanjabil to‘g‘risida «achchiq haqiqat». Фото №10
Zanjabil ildizmevasi foydasidan bahra olish uchun bir nechta muhim qoidalarga amal qilishni maslahat beraman: zanjabilni oshqozon yallig‘lanishi, gastrit va boshqa hazm qilish organlari kasalliklari bo‘lgan bemorlar emasliklari ma`qul. Shuningdek, og‘ir jigar va o‘t pufagi kasalligi bo‘lgan bemorlar ehtiyotkorlik bilan tanovvul qilishlarini tavsiya etamiz.

© chiabirds.com

Zanjabil to‘g‘risida «achchiq haqiqat». Фото №11
Tabiatning har bir ne`mati o‘z vazifasiga ega bo‘lib, tog‘ri tashkillashtirilgan ovqatlanish qoidalari hayotingiz sifatini oshiradi.
Albatta, foydali taom mazzali ham bo‘lishi lozim.

© Nazima Davletova

Izohlar