«Ermenegildo Zegna» badavlat o‘yinchoqlar kolleksiyasini chiqardi

Italyan brendi «Zegna Toyz» nomli aksessuarlar kolleksiyasini taqdim etadi.

21 Aprel 2017        353      0

Italyan brendi «Zegna Toyz» nomli aksessuarlarning eksklyuziv kolleksiyasini taqdim etdi. Qatorga «Master & Dynamic» premium-sinf naushniklarini ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan hamkorlikda yaratilgan naushniklar va kolonkalar kiritilgan. Barcha buyumlarni to‘qilgan charmdan bo‘laklar bezatib turibdi.

«Ermenegildo Zegna» badavlat o‘yinchoqlar kolleksiyasini chiqardi. Фото №1

Shuningdek, Zegnadan dabdabali «o‘yinchoqlar» kolleksiyasiga domino o‘yinining kichik to‘plamlari va qarta to‘plami uchun g‘iloflar kiritilgan. Ularni o‘zingiz bilan olish yoki ryukzakka solib olish mumkin. Barcha buyumlar to‘qilgan charmdan, italyan brendining maxsus texnologiyasi bo‘yicha tayyorlangan.

«Ermenegildo Zegna» badavlat o‘yinchoqlar kolleksiyasini chiqardi. Фото №2

«Zegna Toyz» kolleksiyasi birinchi marta italyan brendi texnologik aksessuarlar kolleksiyasini chiqargani bilan ham o‘ziga xosdir. Kolonkalar, qulochinli naushniklar va kompakt naushniklar.

«Ermenegildo Zegna» badavlat o‘yinchoqlar kolleksiyasini chiqardi. Фото №3

Qatorning o‘ziga xos yangiligi — to‘qilgan charmdan ustki qoplamga ega — ajoyib musiqa o‘ynovchi qurilmadir.

«Ermenegildo Zegna» badavlat o‘yinchoqlar kolleksiyasini chiqardi. Фото №4

Yangi kolleksiyadagi naushniklar charm g‘ilof bilan birga taklif etiladi. Qulochinli naushniklar uchun g‘ilof, ichki qismi qattiq bo‘lgan holda yaratilgan.

«Ermenegildo Zegna» badavlat o‘yinchoqlar kolleksiyasini chiqardi. Фото №5

Cho‘ntak naushniklari uchun g‘ilof ikki xil talqinda: katta bo‘lmagan cho‘ntak va yumaloq quticha ko‘rinishida taqdim etilgan.

«Ermenegildo Zegna» badavlat o‘yinchoqlar kolleksiyasini chiqardi. Фото №6
«Ermenegildo Zegna» badavlat o‘yinchoqlar kolleksiyasini chiqardi. Фото №7

Yangi kolleksiya Milandagi dizayn va mebelning «Salone Del Mobile» ko‘rgazmasi doirasida taqdim etildi. Aksessuarlar uch xil rangdagi yechimda — qora, oq va oxra rangida taklif etiladi. Kolleksiya maxsus bayram loyihasi doirasida, kuz faslining o‘rtalarida «Ermenegildo Zegna» firma do‘konlarida savdoga chiqadi.

Izohlar