«Apple» Vashingtonning tarixiy binosida yangi do‘kon ochmoqda

Kompaniyaning flagman do‘koni Karnegi kutubxonasida joylashadi.

17 Iyul 2017        159      0       Екатерина Спрыскова

The Washington Post xabar berishicha, Apple kompaniyasi o‘zining yangi do‘konini avval Karnegi kutubxonasi bo‘lgan binoda ochish ​niyatida. Kutubxona Vashingtondagi Maunt-Vernon-skverda joylashgan bo‘lib, bu tuman o‘zida tarixiy binolar va keskin rivojlanayotgan zamonaviy hayot tarzini uyg‘unlashtirgan.

Maunt-Vernonda deyarli har kuni yangi do‘konlar, restoranlar va mehmonxonalar ochiladi, Apple ham bundan mustasno bo‘lmadi. Kompaniya vakillari xabar berishlaricha, ularning yangi markazi o‘ziga xos jamoat markaziga aylanadi. Savdo maydonchalari, kinoteatrlar, ko‘rgazma zallari va konsert maydonchalari — aynan shular Amerikaning eng qadimiy binosidan birining o‘rnida bo‘ladi.

«Apple» Vashingtonning tarixiy binosida yangi do‘kon ochmoqda. Фото №1

Karnegi kutubxonasi 1903 yil qurilgan bo‘lib, butun Amerika bo‘ylab 3000 dan ortiq kutubxonalarga homiylik qilgan millioner Endryu Karnegi nomi bilan yuritiladi. U Maunt-Vernon-skverning ikki yuz yillik tarixi timsoliga aylangan va betakror tarixiy joy hisoblanadi. Karnegi kutubxonasi «boz-ar» uslubida bezatilgan bo‘lib, u barokko va italyancha renessans urflarini davom ettiradi. 1970 yil kutubxona yopilgan, keyingi yillarda esa unda EventsDC​ kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilgan tadbirlar o‘tkazilgan.

«Apple» Vashingtonning tarixiy binosida yangi do‘kon ochmoqda. Фото №2

​Vashington okrugining tarixiy jamoatchiligi Apple rejalaridan xursand emas, axir kutubxonani butunlay qayta qurishadi, undagi kitoblar boshqa joyga ko‘chiriladi (hozircha qayerga ko‘chirilishi noma‘lum). Ammo okrug hokimi Myuriel Bauzer, Apple do‘koni okrugning boy tarixini uning iqtisodiy qayta tug‘ilishi bilan bog‘laydi va hudud katta biznes uchun ochiq ekanligini ko‘rsatadi.

«Apple» Vashingtonning tarixiy binosida yangi do‘kon ochmoqda. Фото №3

Izohlar