Oculus Go — virtual voqeylik garniturasi atigi $199 narxda

Oculus telefon va kompyutersiz ishlaydigan yangi simsiz VR-garniturani namoyish etdi.

12 Oktyabr 2017        199      0       Дамир Сагдиев

11 oktyabr kuni «Oculus Connect» dasturchilari uchun tashkillashtirilgan maxsus tadbirda, shu nomdagi kompaniya yangi virtual voqeylik garniturasi — Oculus Go ni namoyish etdi. Yangilik smartfondan alohida ishlay oladi, narxi atigi $199, savdoga esa u 2018 yil boshida chiqariladi.

Oculus Go garniturasi mustaqil bo‘lib, uni kabel yordamida ShK ga ulash yoki smartfonga bog‘lash talab etilmaydi.

Qurilma LCD-ekran bilan ta‘minlangan bo‘lib, u 2560 х 1440 piksel kengayishga va yaxshilangan linzalarga ega. Ushbu ko‘rsatgichlar, keng ko‘rinish burchagiga ega yorqin tasvir olishni taminlaydi.

Garnituraning o‘ziga shuningdek akkustika ham o‘rnatilgan bo‘lib, o‘z shaxsiy naushniklaridan foydalanish istagida bo‘lganlar uchun standart 3,5 mm audiorazyom ham qoldirilgan. Avtonom ishlash vaqti va boshqa tavsiflar to‘g‘risida kompaniya ma‘lumot bermagan.

Facebook boshlig‘i (kompaniya Oculus egasi) Mark Sukerberg taqdimot vaqtida yangi model «VR his etib ko‘rishning eng oson usuli» ekanligini qayd etgan. Dasturchilar uni o‘yinlar o‘ynash, kino va konsertlar ko‘rish va do‘stlar bilan VB orqali muloqot qilish uchun qurilma sifatida tanishtirishmoqda.

Matodan yasalgani tufayli Oculus Go modeli o‘ta yengil va «nafas oluvchan» chiqdi. Shu tufayli uni uzoq vaqt tanaffuslarsiz ishlatish mumkin.

Yetkazib beriladigan to‘plamga sensor zonasi va bir neshta tugmaga ega simsiz kontroller kiradi. Uning yordamida virtual voqeylikdagi yon atrof bilan muloqot qilish mumkin bo‘ladi.


Yangilikning dasturiy ta‘minoti Gear VR bilan mos tushadi, shu sababli barcha mavjud ilovalar va o‘yinlar Oculus Go bilan ham ishlaydi.

Yangi VR-garnitura anonsi bilan bir vaqtda, kompaniya top model — Oculus Rift​ — ning narxini $399 gacha tushirdi. Bu shlem narxining birinchi tushirilishi emas: ikki yil avval uning narxi $599 edi.


Izohlar