Anjelina Djoli «Harper's Bazaar US» muqovasida chiqdi

Aktrisa jurnalning noyabr oyi soni qahramoniga aylandi va jurnal sahifalarida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

12 Oktyabr 2017        354      0       Polina Agliamova

Gollivudlik yulduz Anjelina Djoli «Harper's Bazaar US» jurnalining noyabr oyi soni muqovasini bezatdi.

Nashriyotning 150-yillik yubileyi munosabati bilan aktrisa, rejissyor va jamoatchilik arbobi Anjelina Djoli, jurnal uchun chin dildan yozilgan maktub bitdi.

Anjelina Djoli «Harper's Bazaar US» muqovasida chiqdi. Фото №1

Jurnalning noyabr oyi sonini suratga olish jarayoni Janubiy Afrika cho‘llarida, Namibiyada bo‘lib o‘tdi. Bu mamlakatda Djoli va Bred Pittning qizlari Shaylo tug‘ilgan. Suratkashlik vazifasi Аleksiy Lyubomirskiyga ishonib topshirildi. Fotosessiya uslubchisi Jennifer Reyd, aktrisa uchun Ralph Lauren, Alberta Ferretti, Dior, Gabriela ​Hearst va Atelier Versace kolleksiyalaridan obrazlar tanladi.

© Alexi Lubomirski

Anjelina Djoli «Harper's Bazaar US» muqovasida chiqdi. Фото №2

Jurnalning noyabr soni varoqlarida Anjelina, ayollar huquqlari bo‘yicha uni tashvishga soladigan masalalar bo‘yicha so‘zladi: «Eng haqiqiy go‘zalni men Pokiston chegarasidagi afg‘on qochoqlari lagerida uchratdim. U homilador va pul topishga ketgan erini kutar edi. Uning hatto boshpanasi ham yo‘q edi, u esa meni chaqirdi va choy ichishni taklif etdi». Aktrisa o‘ziga qiyin bo‘lgan onlarda, o‘sha qiz qanchalar mehribon bo‘lganini eslashini va bu unga kuch bag‘ishlashini tan oldi.

© Alexi Lubomirski

Anjelina Djoli «Harper's Bazaar US» muqovasida chiqdi. Фото №3

Suratga olish maydonchasida aktrisaning sheriklari gepardlar bo‘ldi. Jurnal sahifalaridan Anjelina moda industriyasi vakillariga jonivorlarga mehribonliroq bo‘lishlarini so‘rab murojaat qilgan: «Moda ko‘p jihatdan tirik jonzotlarning o‘ldirilishi bilan bog‘liq liboslarga, zargarlik taqinchoqlariga va buyumlarga bo‘lgan talabni shakllantiradi. Ammo yaltiroq muqovali jurnallar boshqa falsafani ham shakllantirishi mumkin: yovvoyi hayvonlar tabiat qo‘ynida yashashi kerak, fil tishlari esa faqat uning og‘zida chiroyli ko‘rinadi».

© Alexi Lubomirski

Anjelina Djoli «Harper's Bazaar US» muqovasida chiqdi. Фото №4

«Hayot menga eng asosiy darsni berdi, biz nimaga qarshi kurashsak, u bizning borlig‘imizni aniqlab beradi. Namibiyada yashovchi insonlarning aytishicha «agar siz ufqqa eltuvchi yo‘lni ko‘rsangiz, hech qachon adashmaysiz» deyshadi", — deb o‘rtoqlashadi aktrisa o‘zining hayotidagi qoidalari bilan.

© Alexi Lubomirski

Anjelina Djoli «Harper's Bazaar US» muqovasida chiqdi. Фото №5

​Ko‘ylak — Atelier Versace.

© Alexi Lubomirski

Anjelina Djoli «Harper's Bazaar US» muqovasida chiqdi. Фото №6

Bluzka — Gabriela Hearst, ziraklar aktrisaning shaxsiy buyumi.

© Alexi Lubomirski

Izohlar