Gucci tabiiy mo‘ynadan voz kechdi

Shov-shuvlarga sabab bo‘lgan mo‘ynali myuli va shubalar butiklar rastalaridan olib tashlanadi.

12 Oktyabr 2017        438      0       Polina Agliamova

Italiyaning Gucci​ brendi 2018 yil bahor-yoz kolleksiyasodan boshlab o‘z buyumlarida tabiiy mo‘ynadan foydalanmaydi. Bu haqda brendning Bosh direktori Marko Bizzarri, London College of Fashion da o‘qigan ma‘ruzasi vaqtida ma‘lum qilgan, deb xabar bergan WWD.

Gucci tabiiy mo‘ynadan voz kechdi. Фото №1

Italiya moda uyining CEO si bu qarorni brendning kreativ direktori Alessandro Mikele bilan hamkorlikda qabul qildi. Kompaniya «Fur Free Alliance» kompaniyasiga a‘zo bo‘lishga ham ulgurgan. Bir yilda Gucci brendiga $11,8 mln foyda olib keladigan tabiiy mo‘yna mahsulotlari, sun‘iy mo‘yna, jun va boshqa materiallardan tikiladigan liboslar va aksessuarlarga almashtiriladi.

Gucci tabiiy mo‘ynadan voz kechdi. Фото №2

​​​"Moda doimo trendlar va tuyg‘ular to‘g‘risida, foydalanuvchilarning talab va istaklaridan kelib chiqib belgilangan. Eng zo‘r dizaynerlar o‘zgarishlar ufurini, boshqalar uni his etmasdan turib his etishga qodirlar", — deb izoh bergan qabul qilingan qarorga Gucci brendining kreativ direktori Alessandro Mikele.

Gucci tabiiy mo‘ynadan voz kechdi. Фото №3

Izohlar