Biz yashayotgan olam: global qizish oqibatlari gilamlarda

Eriyotgan muzliklar, qurg‘oqchilik, yo‘qolib borayotgan o‘rmonlar — bugungi kun ekologiyasi, amerikalik dizaynerning gilamlar kolleksiyasida.

Nyu-Yorklik dizayner Fernando Mastrandjelo yer sayyorasidagi iqlim o‘zgarishi muammosiga befarq emas. Allaqachon havf bo‘lishga ulgurgan holatga e‘tibor qaratish uchun, u muzliklar, suv tizimlari va landshaftlarning o‘zgarishini gilamlarda ko‘rsatishga qaror qildi. Original gilamlarni dizayner Edward Fields brendi bilan hamkorlikda yaratdi. «Reverence"("Hurmat») va «Melt and Crash"​ («Erish va bo‘linish») nomli kolleksiyalar, inson faoliyatining tabiatga keltirayotgan zararini aks ettiradi.

Екатерина Спрыскова

19 Oktyabr 2017

  1602     1

Biz yashayotgan olam: global qizish oqibatlari gilamlarda. Фото №1

Dizayner ilhom parisini Yellouston bog‘i peyzajlarida, Yuta shtatining sho‘r ko‘llari ko‘rinishida, muzliklar va cho‘llarda topdi. Har bir gilam alohida landshaftga bag‘ishlangan bo‘lib, «Erish», «Sokin suv», «Sinish» va shu kabi nomlarga ega. Mastrandjeloning so‘zlariga ko‘ra, o‘z ishlari orqali u tabiatga bo‘lgan hurmati va mehrini ko‘rsatgan.

Biz yashayotgan olam: global qizish oqibatlari gilamlarda. Фото №2

Barcha gilamlar ipak va jundan to‘qilgan. O‘ziga xos to‘qilish uslubi orqali dizayner, tog‘ cho‘qqilari, siniq chiziqlar va suv havzalarining hajmli tasvirlarini yaratdi. Kolleksiyada 12 ta tasvir namoyish etilgan bo‘lib, ularning har biri akvarel kraskali manzarani eslatadi.

Biz yashayotgan olam: global qizish oqibatlari gilamlarda. Фото №3
Biz yashayotgan olam: global qizish oqibatlari gilamlarda. Фото №4
Biz yashayotgan olam: global qizish oqibatlari gilamlarda. Фото №5
Biz yashayotgan olam: global qizish oqibatlari gilamlarda. Фото №6
Biz yashayotgan olam: global qizish oqibatlari gilamlarda. Фото №7
Biz yashayotgan olam: global qizish oqibatlari gilamlarda. Фото №8

Izohlar