Dryu Berrimor shaxsiy brendini chiqarmoqda

Aktrisa «Dear Drew» ning birinchi reklama kampaniyasida ishtirok etgan.

24 Oktyabr 2017        949      0       Polina Agliamova

Gollivudlik aktrisa Dryu Berrimor o‘zining Dear Drew nomi ostidagi liboslar brendini ishga tushirmoqda. Brendning birinchi kolleksiyasi 24 oktyabrdan ​Amazon Fashion​ da sotilishni boshlaydi, deb xabar bergan WWD.

Tarmoqda brendning birinchi reklama kampaniyasi roligi va kadrlari paydo bo‘lgan. Tasvirda Dryu Berrimor Amazon qutisi bilan Manxettendagi Malberri-stritda o‘z brendi liboslarida sayr qiladi.
Dryu Berrimor shaxsiy brendini chiqarmoqda. Фото №1

Aktrisaning debyut kolleksiyasiga sumkalar, taqinchoqlar, uy uchun liboslar va yana ko‘plab buyumlar kiritilgan. Natxlar $28 dan $248 gacha belgilangan.

Amazon Fashion​ direktori Кеyt Dimmok qayd etib o‘tishicha, u aktrisa bilan hamkorlikdan mamnun, uning ozodlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan uslubini, ajoyib karyerasini va kreativ quvvatini hurmat qiladi.

Izohlar