Venetsiyadagi dabdabali «Dolce & Gabbana» butigi ko‘rinishi

Italyan brendi butigining yangilangan interyeri, o‘zida Venetsiya ustachiligi urflari va dabdabasini uyg‘unlashtirdi.

Italiyaning «Dolce & Gabbana» moda Uyi o‘zining Venetsiyadagi butigi interyerini butunlay yangiladi. Redizaynni Parijda faoliyat yurituvchi Erik Karlson boshchiligidagi «Carbondale» studiyasi o‘z bo‘yniga oldi. Arxitektor butun dunyo bo‘ylan quyidagi brendlar butiklari uchun interyerlar yaratib kelgan: TAG Heuer, Louis Vuitton, Tiffany & Co., Celine va Longchamp. San-Marko maydonidagi Palatstso Torresda joylashgan butik, shaharning tarixiy an‘analari va badavlatlik ramziga aylandi.

"Butunlay zamonaviy va bir vaqtning o‘zida tarixiy, haqiqiy Dolce & Gabbana uslubida", — deydi yangi interyer to‘g‘risida uning muallifi, arxitektor Erik Karlson.
Anetta Tyan

1 Noyabr 2017

  2422     0

Venetsiyadagi dabdabali «Dolce & Gabbana» butigi ko‘rinishi. Фото №1

Venetsiya butun dunyoga birinchi o‘rinda madaniy yo‘nalish sifatida mashhur. Butun dunyodan sayyohlar bu suv ustidagi shaharga gotik arxitektura obyektlarini ko‘rish, san‘at biyennalisiga tashrif buyurish uchun keladilar. Venetsiya dunyodagi eng nomdor kinofestivallardan birini qabul qiladi va jahonda betakror voqea — Venetsiya karnavali bilan mashhur.

Venetsiyadagi dabdabali «Dolce & Gabbana» butigi ko‘rinishi. Фото №2

Arxitektor Erik Karlson venetsiyaga xos madaniy boylikni, Dolce & Gabbana butigi interyerida aks ettirishga qaror qildi. Maydoni 800 kvadrat metr bo‘lgan ikki qavatli butik hududi uchun, milliy italyacha rejalashtirish — keng alohida xonalar yaratildi. Har bir xona uchun alohida rang va materiallar tanlandi. Interyer ustida ishlashda arxitektor asrlar davomida shakllangan hunarlarga e‘tibor qaratdi.

Venetsiyadagi dabdabali «Dolce & Gabbana» butigi ko‘rinishi. Фото №3

Keng xollda mehmonlarni hayratlanarli naqshlarga ega marmar pol qarshi oladi. Devorlar o‘ymakorlik san‘ati asarlari bilan bezatilgan. Shiftlarni mashhur muran shishasidan yasalgan qandillar bezatgan.

Venetsiyadagi dabdabali «Dolce & Gabbana» butigi ko‘rinishi. Фото №4

Butik hududi bir nechta zallarga bo‘lingan bo‘lib, ularning har biri ma‘lum bir rang va fakturada bezatilgan.

Venetsiyadagi dabdabali «Dolce & Gabbana» butigi ko‘rinishi. Фото №5
Venetsiyadagi dabdabali «Dolce & Gabbana» butigi ko‘rinishi. Фото №6

Erkaklar liboslari taklif etilgan zal, och-yashil rangda, ayollar liboslari bo‘limi qizil rangda shakllantirilgan. Tilla rang xona aksessuarlar uchun, ko‘k rangdagi xona esa zargarlik buyumlari uchun ajratilgan.

Venetsiyadagi dabdabali «Dolce & Gabbana» butigi ko‘rinishi. Фото №7

Hayratga soluvchi zargarlik xonasi ko‘k rangda bo‘lib, uning devorlarini 10-asrda San-Markoda qurilgan bazilika uslubi bezatgan.

Venetsiyadagi dabdabali «Dolce & Gabbana» butigi ko‘rinishi. Фото №8

«Verde Antigua» marmaridan yasalgan yashil zinapoya, tashrif buyuruvchilarni ikkinchi qavatga chorlaydi. Butik koridorlarida bahaybat 20-metrli ko‘zgular o‘rnatilgan.​

Venetsiyadagi dabdabali «Dolce & Gabbana» butigi ko‘rinishi. Фото №9

Ayollar liboslari xonasida tilla rangga urg‘u berilgan qizil rang uyg‘unligi hukmron. Devorlar qizil rangdagi «Roso Levanto» marmari, pol esa to‘q qizil rangdagi marmar mozaika bilan bezatilgan.

Venetsiyadagi dabdabali «Dolce & Gabbana» butigi ko‘rinishi. Фото №10
Venetsiyadagi dabdabali «Dolce & Gabbana» butigi ko‘rinishi. Фото №11

Erkaklar liboslari zali och yashil rangdagi interyerga ega. Devorlar va pol nefrit rangidagi naqshli marmarda bezatilgan. Yumshoq aksentlar baxmal o‘rindiqlar va pardalar orqali berilgan.

Venetsiyadagi dabdabali «Dolce & Gabbana» butigi ko‘rinishi. Фото №12
Venetsiyadagi dabdabali «Dolce & Gabbana» butigi ko‘rinishi. Фото №13
Venetsiyadagi dabdabali «Dolce & Gabbana» butigi ko‘rinishi. Фото №14
Venetsiyadagi dabdabali «Dolce & Gabbana» butigi ko‘rinishi. Фото №15

Aksessuarlar taklif etilgan tilla rangdagi xona, naqshli yog‘och pol, Damashq matolari, oltin rang ipak matolar, Gialle Siena marmari bilan yasatilgan.

Venetsiyadagi dabdabali «Dolce & Gabbana» butigi ko‘rinishi. Фото №16
Venetsiyadagi dabdabali «Dolce & Gabbana» butigi ko‘rinishi. Фото №17
Venetsiyadagi dabdabali «Dolce & Gabbana» butigi ko‘rinishi. Фото №18
Venetsiyadagi dabdabali «Dolce & Gabbana» butigi ko‘rinishi. Фото №19
Venetsiyadagi dabdabali «Dolce & Gabbana» butigi ko‘rinishi. Фото №20
Venetsiyadagi dabdabali «Dolce & Gabbana» butigi ko‘rinishi. Фото №21
Venetsiyadagi dabdabali «Dolce & Gabbana» butigi ko‘rinishi. Фото №22
Venetsiyadagi dabdabali «Dolce & Gabbana» butigi ko‘rinishi. Фото №23
Venetsiyadagi dabdabali «Dolce & Gabbana» butigi ko‘rinishi. Фото №24
Venetsiyadagi dabdabali «Dolce & Gabbana» butigi ko‘rinishi. Фото №25
Venetsiyadagi dabdabali «Dolce & Gabbana» butigi ko‘rinishi. Фото №26
Venetsiyadagi dabdabali «Dolce & Gabbana» butigi ko‘rinishi. Фото №27

Izohlar