«Dolce & Gabbana» pastaning limitlangan seriyasini chiqardi

Mahsulot Yevropa va Amerikaning yirik do‘konlarida sotiladi.

6 Noyabr 2017        869      0       Polina Agliamova

Italiyaning Dolce & Gabbana​ Uyi, Pastificio di Martino kompaniyasi bilan hamkorlikda pastaning limitlangan kolleksiyasini chiqarishga qaror qildi​, deb xabar bermoqda «W Magazine».

Ijodiy guruh qadoq va fartuk dizaynini ishlab chiqish bilan shug‘ullangan. Mahsulot sifati uchun esa, "Pastificio di Martino" oilaviy kompaniyasijavobgar bo‘lgan. Kollaboratsiyaga uch xil pasta - spagetti, pakkeri va penne metstsani kirgan.
«Dolce & Gabbana» pastaning limitlangan seriyasini chiqardi. Фото №1

​Har bir qadoqni qiz bola tasviri va «Lа Famiglia, La Pasta, e L'Italia!» shiori bezatgan. Har bir qadoqning narxi $110 ga yaqin bo‘ladi. Jami bo‘lib 5000 dona qadoq chiqariladi, shulardan 1000 tasini AQShga maxsus ishlab chiqarishadi.

«Dolce & Gabbana» pastaning limitlangan seriyasini chiqardi. Фото №2

Pastani Londondagi Harrods univermagida, Bolonye, Neapol va Nyu-Yorkdagi «Pastificio Di Martino» do‘konlarida xarid qilish mumkin bo‘ladi. Amerikalik xaridorlar pastaga 15 noyabrdan dimartinodolcegabbana.com saytida buyurtma berishlari mumkin.

«Dolce & Gabbana» pastaning limitlangan seriyasini chiqardi. Фото №3

​"Dolce & Gabbana" va «Pastificio Di Martino» hamkorlik to‘g‘risida ikki yillik shartnoma tuzishdi. «Pastificio Di Martino» Bosh direktorining so‘zlariga ko‘ra, ushbu limitlangan kolleksiya hamkorlikning birinchi bosqichi bo‘ladi. Umumiy hisobda kompaniyalar 25 000 ta mahsulot chiqarishadi.

Izohlar