Didjey Stiv Aokining orzudagi uyi

«Gremmi» mukofoti nomzodi, mashhur didjey va bastakor, o‘z uyini haqiqiy san‘at asariga aylantirdi.

«Gremmi» mukofoti nomzodi, musiqa prodyusseri, didjey va bastakor Stiv Aoki​, Architectural Digest​ jurnaliga o‘z uyini ko‘rsatdi va uyni xarid qilish tarixi va ta‘mirdan chiqarish sirlari bilan o‘rtoqlashdi.

Nevadadagi dabdabali uyni 2008 yil, iqtisodiy «krizis» ayni avjiga chiqqan vaqtda qurishdi. Ko‘p yillar davomida bu uyni hech kim xarid qilmadi. Uning narxi $12 000 000 ga baholangan edi. Vanihoyat 2014 yil u kimoshdi savdosiga chiqarildi va uyning narxi naqd $3 000 000 ga baholandi. Bu vaqtda Aoki Los-Anjelesda yashardi va yangi uy qidirardi. Unga do‘sti qo‘ng‘iroq qilib, maydoni 16 000 fut kvadrat bo‘lgan (taxminan 1500 metr kvadrat) uy to‘g‘risida aytgada, didjey o‘ylab o‘tirmay rozi bo‘ldi. U uyni ko‘rmagan va aytishicha birinchi taasuroti «shok» bo‘lgan. Aoki bu yerda hamma narsani qayta qurish kerak, degan xulosaga keldi va ishga kirishdi.

Екатерина Спрыскова

7 Noyabr 2017

  1564     0

Didjey Stiv Aokining orzudagi uyi. Фото №1

Didjeyning so‘zlariga ko‘ra, u yillab vaqtini va millionlab dollar mablag‘larni o‘z orzusidagi va barcha talablariga javob beradigan uyni qurish uchun sarflagan. «Men faqatgina devorlari, qavati va boshqa hech narsasi bo‘lmagan uyni oldim. Keyin men ortiqcha qavatlarni olib tashladim va uyni boshqatdan qurishni boshladim», deydi Aoki.

Uy bitgandan so‘ng, unga «Aokining o‘yin uyi» deb nom berishdi. Unda yorqin interyer va g‘alati san‘at asarlari, o‘yinlar uchun bahaybat xona va futuristik uslubda bezatilgan uy musiqa studiyasi uyg‘unlashgan.

Didjey Stiv Aokining orzudagi uyi. Фото №2

Uy o‘z nomini olishiga sabab bo‘lgan xonada avval tennis o‘ynash xonasi joylashgan edi. Aoki uni o‘z tabiga moslab o‘zgartirdi va endi bu xonada arg‘imchoq, batut va penoplastli basseynlar joylashgan.

Devorni Los-Anjeleslik ko‘cha rassomi Neck Face​ chizgan bahaybat tasvir bezatib turadi. «U birovning gapi bilan chizadigan rassom emas, ammo men uni bir necha yillardan beri bilganim uchun iltimosimga yo‘q demadi», — deydi Aoki.

Didjey Stiv Aokining orzudagi uyi. Фото №3

Uydagi eng ajoyib xonalardan biri, didjeyning sevimli rassomi - KAWS​ ijodiga bag‘ishlangan. Bu xonada Aoki KAWS 90- yillarda yasagan vinil shakllarni saqlaydi.

Didjey Stiv Aokining orzudagi uyi. Фото №4

Ilon yutib qo‘ygan Mikki-Mausning shaklini, Aoki o‘zining eng qadrli buyumi deb hisoblaydi​. Bu mashhur ko‘cha rassomi Benksining asari bo‘lib, u 2015 yil Dismaland​ ko‘rgazmasida taqdim etilgan.

Didjey Stiv Aokining orzudagi uyi. Фото №5

Avvalgi uy kinoteatrini Aoki shaxsiy studiyasiga aylantirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Aoki chiqishni istamaydigan texnologik bunker yasamoqchi bo‘lgan. «Agar mening bu xonadan chiqishimga to‘g‘ri kelsa, demak qandaydir ajoyib ish qilishim kerak», — deydi didjey.

Didjey Stiv Aokining orzudagi uyi. Фото №6

Basseyn bilan alohida voqea bog‘liq. Avval u uydan ancha uzoqda joylashgan edi va Aoki uni ko‘chirishga qaror qildi. Basseyn chuqurligi ham unga yoqmadi va quruvchilardan uni yanada chuqurroq qilishni so‘radi.

Shu tariqa Nevadadagi 5 metrli eng chuqur basseyn yuzaga keldi. Uning tubini didjey o‘z logotipi bilan bezatdi.

Didjey Stiv Aokining orzudagi uyi. Фото №7

Aokining so‘zlariga ko‘ra u uyni oqshomlar o‘tkazish uchun qurmagan. «Men bu uyni o‘zim, o‘z oilam va yaqin do‘stlarim uchun qurdim. Bu nafaqat uy, balki tashqi olamdan berkinishim uchun qarorgohdir ham», — deydi u.

Didjey Stiv Aokining orzudagi uyi. Фото №8
Didjey Stiv Aokining orzudagi uyi. Фото №9
Didjey Stiv Aokining orzudagi uyi. Фото №10
Didjey Stiv Aokining orzudagi uyi. Фото №11
Didjey Stiv Aokining orzudagi uyi. Фото №12
Didjey Stiv Aokining orzudagi uyi. Фото №13
Didjey Stiv Aokining orzudagi uyi. Фото №14
Didjey Stiv Aokining orzudagi uyi. Фото №15
Didjey Stiv Aokining orzudagi uyi. Фото №16
Didjey Stiv Aokining orzudagi uyi. Фото №17
Didjey Stiv Aokining orzudagi uyi. Фото №18
Didjey Stiv Aokining orzudagi uyi. Фото №19
Didjey Stiv Aokining orzudagi uyi. Фото №20

Izohlar