«Swarovski» brendi «British Fashion Awards 2017​" mukofoti dizaynini ko‘rsatdi

Swarovski kristallini asosiy moda mukofotiga aylantirish uchun, zamonaviy minimalizm bilimdonini taklif etishdi.

Britaniya moda Kengashi va Swarovski​ kompaniyasi, arxitektor Jon Pousonni moda olamidagi eng asosiy mukofotlardan biri — British Fashion Awards 2017​​ ni yaratiga taklif etdi. Britaniya moda Kengashining mukofoti, har yili moda industriyasining iqtidorli insonlarini taqdirlaydi. Bu yil nomzodlar orasida — Alessandro Mikele, Sara Berton va Jonatan Andersonlar bor.

Anetta Tyan

8 Noyabr 2017

  1110     0

«Swarovski» brendi «British Fashion Awards 2017​

Men qo‘lda ushlash qulay bo‘lgan, oddiy shakldagi buyumni yasashni istadim. Bir vaqtning o‘zida uni «Swarovski» kristallidan yasashim kerak edi", — deydi arxitektor.

«Swarovski» brendi «British Fashion Awards 2017​

​Natijada, qirrali billur silind hosil bo‘ldi va Polson uni «Filament» (ingliz tilidan tarjima qilinganda — ip, tola) deb atadi. Minimalistik kristall silindr, o‘rtasida yorqin rangdagi ip shakliga ega bo‘lib, uni tomosha qilayotganlarga turlicha ko‘rinadigan maxsus qirralarga ega. Har tomondan ip turlicha ko‘rinadi: teppadan qaraganda u katta bo‘rtib turgandek ko‘rinsa, yon tomondan ingichka va chiziqli ko‘rinadi.

«Swarovski» brendi «British Fashion Awards 2017​

Iplar rangining turli-tumanligi, «British Fashion Awards 2017» mukofoti bilan qayd etilgan iqtidor sohiblarining turlicha ekanligini anglatadi.​ Mukofot qo‘l mehnati yordamida «Swarovski» ning Avstriyadagi shtab-kvartirasida ishlab chiqariladi. G‘oliblar Qirollik Albert-xollida 4 dekabr kuni e‘lon qilinadi.

«Swarovski» brendi «British Fashion Awards 2017​

Britaniya moda Kengashi boshlig‘i Ledi Natali Massenet, uning uchun Jon Pouson bilan bu yilgi mukofot ustida ishlash fahr ekanligini qayd etib o‘tgan: «U o‘z avlod arxitektorlari orasidagi eng nomdor mutahassisdir. Mukofot unga xos bo‘lgan estetika va bizning mukofotga munosabatimizni aks ettiradi.

«Swarovski» brendi «British Fashion Awards 2017​

Britaniyalik arxitektorni eng asosiy zamonaviy minimalist deb atashadi. Pouson 2017 yildagi Isama Noguchi mukofoti sohibi, uning ishlari aniq hisoblangan proportsiyalar, yorqinlik, materiallar fakturasi, bo‘sh va ochiq hududga bo‘lgan intilish muhabbati bilan ajralib turadi. Avval u yashashjoylari, devorlar, galereyalar, sahnalar, muzeylar, mehmonxonalar, yaxtalar, Calvin Klein va Cristopher Kane brend do‘konlari dizaynlarini yaratgan.

«Swarovski» brendi «British Fashion Awards 2017​
«Swarovski» brendi «British Fashion Awards 2017​
«Swarovski» brendi «British Fashion Awards 2017​

Izohlar