Yevropadagi birinchi suv osti restorani Norvegiyada ochiladi

Betakror bino ekologiya to‘g‘risida qayg‘urish maqsadida yaratilgan va nafaqat restoran vazifasini o‘taydi.

2019 yilning birinchi choragida Norvegiyaning janubiy qismida, Bali qishlog‘ida Yevropadagi birinchi suv osti restorani ochiladi. U ​Under nomini oladi. Ushbu so‘zni ikki xil: (suv) «ostida» va norveg tilidan tarjima qilganda «mo‘jiza» ​ma‘nolarini beradi. Yaratuvchilarning g‘oyasi bo‘yicha, bino nomi restoranga kelganlar nimaga ega bo‘lishlari to‘g‘risidagi savolga javob berishi kerak.

«Suv osti mo‘jizasi» ni qurish bilan Norvegiyaning Snøhetta​ arxitektorlik byurosi shug‘ullanmoqda. Arxitektorlar restoran ushun betakror dizayn ishlab chiqdilar. To‘rtburchak beton konstruksiya 5 metr chuqurlikdagi suv ostiga qo‘yilgan. Mualliflar fikricha restoran sun‘iy rifga aylanadi va unda midiyalar va boshqa dengiz jonzotlari yashay boshlashadi. Shu tariqa restoran ekotizimning saqlanib qolishiga o‘z xizmatini qo‘shadi.

Екатерина Спрыскова

8 Noyabr 2017

  1406     0

Yevropadagi birinchi suv osti restorani Norvegiyada ochiladi. Фото №1

Restoranga kirish joyi quruqlikda joylashgan. 100 ta mehmon joylashishi mumkin bo‘lgan zalga, devorlariga Norvegiya hududida yashaydigan dengiz jonivorlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar yozilgan toneldan tushib boriladi.

Yevropadagi birinchi suv osti restorani Norvegiyada ochiladi. Фото №2

Eni 1 metr bo‘lgan devorlar va akril panorama derazalar, suv bosimini ko‘tara oladi va istalgan ob-havoga javob beradi. Bunda ular tashqi muhitga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Arxitektorlik byurosi vakillari barcha materiallar ekologik toza bo‘lishi to‘g‘risida qayg‘urishgan.

Yevropadagi birinchi suv osti restorani Norvegiyada ochiladi. Фото №3

Restoranga tashrif buyurganlar tushlik yoki kechki ovqat vaqtida suv osti manzarasidan bahra olishlari mumkin. Restoran mualliflarining fikricha, «Unber» mehmonlariga suv osti olamining rang-barangligi to‘g‘risida so‘zlab beradi.

Bino yana bir vazifani o‘taydi: u tadqiqodchilarga qirg‘oqning florasi va faunasi mavsum va fasllarga qarab qanday o‘zgarishini kuzatish imkoniyatini beradi.

Yevropadagi birinchi suv osti restorani Norvegiyada ochiladi. Фото №4
Yevropadagi birinchi suv osti restorani Norvegiyada ochiladi. Фото №5

Izohlar