Jan-Pol Gotye butun dunyo bo‘ylab teatr sahnalarini namoyish etadi

Dizayner karyerasi tarixi haqidagi shou premyerasi 2018 yilning 2 oktyabr kuni Parijda rejalashtirilgan.

10 Noyabr 2017        674      0       Polina Agliamova

2 oktyabr kuni fransiyalik kuturye Jan-Pol Gotye o‘z karyerasi tarixiga bag‘ishlangan «Fashion Freak Show» musiqali shousini namoyish etadi. Shundan so‘ng dizayner teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari bilan xalqaro turne o‘tkazish niyatida, deb xabar qilmoqda WWD.


«Fashion Freak Show» musiqali shousi o‘zida raqs, sahna ko‘rinishi va sahnaning o‘zida chizishni mujassamlashtirgan. Gotyening so‘zlariga ko‘ra, shou senariyi hozircha tayyor emas, ammo kasting o‘tkazib bo‘lingan va loyiha bilan shug‘ullanadigan ishchilar ro‘yxati aniqlangan. «Unga hamma narsa kiritiladi. Hammasi!» — deydi Gotye. Dastur loyihasi doirasida «Jean Paul Gaultier» moda Uyining eng ko‘zga ko‘ringan buyumlari (Madonna, Kayli Minoug va Beyons kiygan korsetlar) ham namoyish etiladi.


Izohlar