Tiffany & Co. o‘zining birinchi qahvaxonasini ochmoqda

Haqiqiy «Tiffani bilan nonushta» ni Beshinchi avenyuda tatib ko‘rishni taklif qilishmoqda.

11 Noyabr 2017        997      0       Anetta Tyan

Tiffany & Co.​ zargarlik brendi o‘zining 180-yillik tarixi davomida birinchi marta shaxsiy qahvaxonasini ochmoqda. Qahvaxona Beshinchi Avenyudagi brendning butigi qoshida ochiladi. Odri Xepbyornning mashhur qahramoni kabi «Tiffani bilan» nonushtani, 10 noyabrdan boshlab rostdan ham amalga oshirish mumkin.

Tiffany & Co. o‘zining birinchi qahvaxonasini ochmoqda. Фото №1

Qahvaxona interyeri brendning havo rangdagi barchaga ma‘lum rangida shakllantirilgan va shunga yarasha nom ham berilgan — The Blue Box Cafe​. Qahvaxona devorlari xuddi butikning miniatyura vitrinalariga o‘xshab bezatilgan bo‘lib, ularda olmoslar, soatlar, xrom haykalchalar va brendning yangi interyer kolleksiyasi namoyish etilgan. ​

Tiffany & Co. o‘zining birinchi qahvaxonasini ochmoqda. Фото №2

«Bu joy dizayni, mehmonlarga Tiffani olamiga sho‘ng‘ish uchun, nafaqat o‘zlarini havo rang quticha ichida his etish, balki Tiffani mehmondo‘stligi bilan qamrab olish g‘oyasidan kelib chiqib shakllantirilgan», — dedi zargarlik uyining kreativ direktori va vitse-prezidendi Richard Mur.

Tiffany & Co. o‘zining birinchi qahvaxonasini ochmoqda. Фото №3

Bu yerda sizga ichimlik va taomdan iborat nonushta setini $29 narxda taklif etishadi, avakadoli tost, omlet yoki dudlangan losos go‘shtidan beygldan birini tanlashingiz mumkin. Qo‘shimcha sifatida Nyu-Yorkning Markaziy istirohat bog‘ini to‘rtinchi qavat balandligidan tomosha qilishingiz mumkin.

Tiffany & Co. o‘zining birinchi qahvaxonasini ochmoqda. Фото №4

​Lanch esa endi $39 narxga aylanadi. Unga zakuska va asosiy taom — masalan, lobsterli salat va tovuq go‘shtidan klab-sendvich kiradi.

Tiffany & Co. o‘zining birinchi qahvaxonasini ochmoqda. Фото №5

​Desert tariqasida Tiffany & Co. firma qutilari ko‘rinishidagi pirojniylar taklif etiladi. Shirintomoqlarga bu ajoyib pishiriq uchun $36 to‘lashga to‘g‘ri keladi.—Меnyu mavsumga qarab o‘zgarib turadi.

Tiffany & Co. o‘zining birinchi qahvaxonasini ochmoqda. Фото №6
Tiffany & Co. o‘zining birinchi qahvaxonasini ochmoqda. Фото №7

Izohlar