Meril Strip «Vogue US» muqovasi qahramoniga aylandi

Aktrisa jurnalning 125-yilligiga bag‘ishlangan maxsus sonida paydo bo‘lgan.

11 Noyabr 2017        2362      0       Polina Agliamova

Amerikaning «Vogue» jurnali dekabr soni muqovasini, eng yaxshi ayol roli uchun ikki karra «Oskar» mukofoti sohibasi bo‘lgan Meril Strip bezatdi. Aktrisa jurnalning 125-yilligiga bag‘ishlangan maxsus soni muqovasida paydo bo‘lgan. ​

Meril Strip «Vogue US» muqovasi qahramoniga aylandi. Фото №1

Suratlar muallifi amerikalik suratkash Enni Lleybovits. Tasvirlarda aktrisa «Michael Kors Collection» shimi va bluzkasida chiroy ochgan. Bo‘yin taqinchog‘ini esa Tiffany & Co. taqdim etgan.

© Annie Leibovitz

Meril Strip «Vogue US» muqovasi qahramoniga aylandi. Фото №2

Jurnalning ushbu soni savdoga 11 noyabr kuni chiqariladi. Uning qahramonlari orasida yana Beyons va Jey-Zi, Jidji Xadid, Farrell Uilyams, Maykl Jordan, Greta Gerving, Fibi Uoller-Bridj va yana ko‘plab mashhur insonlar bor.

© Annie Leibovitz

Izohlar