Mo‘jizalar olami: Pirelli o‘zining eng noan‘anaviy taqvimini taqdim etdi

Naomi Kempbell, Pi Diddi va Vupu Goldberg bilan birgalikdagi «Alisa mo‘jizalar mamlakatida».

14 Noyabr 2017        448      0       Anetta Tyan

Nomdor Pirelli​​ taqvimi tarixida, 2018-yildagi nashr eng noan‘anaviy nashrga aylandi. Suratkash sifatida birinchi marta nomdor syurrealist Тim Uoker taklif etildi. O‘zining istalgan janrdagi g‘aroyibotlariga sodiq qolgan Uoker, Lyuis Kerollning «Alisaning mo‘jizalar mamlakatidagi sarguzashtlari» ertagini qayta o‘ylab chiqdi. Suratga olish jarayoni uslubchisi, hozirgi vaqtda​ britaniyaning Vogue jurnaliga bosh muharrirlik qilib kelayotgan Edvard Enninful bo‘ldi. Qahramonlar sifatida moda va san‘at olamining faqatgina qora tanli vakillari taklif etildi.

«Bundan avval hech qachon bu turdagi ishga qo‘l urilmagan. Alisani shu vaqtgacha hesh kim ushbu tarzda so‘zlamagan», — deb qayd etib o‘tdi Tim Uolker.

Mo‘jizalar olami: Pirelli o‘zining eng noan‘anaviy taqvimini taqdim etdi. Фото №1

Modellar Naomi Kempbell, Tando Xopa, Daki Tot va Advoa Aboa, aktrisalar Vupi Goldberg va Lyupita Niongo, teleboshlovchi Ru Pol, reperlar Pi Diddi (Shon Kombs) va Lil Yakti va boshqa mashhurlar, Mo‘jizalar mamlakati qahramonlariga aylanishdi. Birinchi syurealistik Pirelli taqvimini suratga olish jarayoni qanday o‘tgani to‘g‘risida kichik videolavhada so‘zlab berishdi. Hozir esa Pirelli-2018 ning birinchi lavhalarini tomosha qilishingiz mumkin.

Mo‘jizalar olami: Pirelli o‘zining eng noan‘anaviy taqvimini taqdim etdi. Фото №2

Ru Pol Yurak Qirolicha va aktyor Djimon Xonsu Yurak Qirol rollarida.

Mo‘jizalar olami: Pirelli o‘zining eng noan‘anaviy taqvimini taqdim etdi. Фото №3

​​Aktrisa Vupi Goldberg Gertsaginya rolida va model Tando Xopa.

Mo‘jizalar olami: Pirelli o‘zining eng noan‘anaviy taqvimini taqdim etdi. Фото №4

Model Daki Tot Alisa rolida.

Mo‘jizalar olami: Pirelli o‘zining eng noan‘anaviy taqvimini taqdim etdi. Фото №5

​Amerikalik reper Lil Yatchi.

Mo‘jizalar olami: Pirelli o‘zining eng noan‘anaviy taqvimini taqdim etdi. Фото №6

Model Slik Vuds ​​Telba Shlyapachi rolida.

Mo‘jizalar olami: Pirelli o‘zining eng noan‘anaviy taqvimini taqdim etdi. Фото №7

Model Slik Vuds.

Mo‘jizalar olami: Pirelli o‘zining eng noan‘anaviy taqvimini taqdim etdi. Фото №8

Aktrisa Lyupita Nongo Sonya rolida.

Izohlar