Xitoyda fazoviy interyerga ega kutubxona ochildi

O‘zining futuristik dizayni tufayli Tyantzindagi kutubxona, dunyodagi eng g‘aroyib kutubxona bo‘lishi mumkin.

Xitoyning Tyantzin shahridagi Binxay tumanida noodatiy kutubxona ochildi. Ko‘pchilik dizaynerlar uni Xitoydagi eng chiroyli va dunyodagi eng g‘aroyib kutubxonalardan biri deb atashmoqda. Uning dizayni kosmik kemani eslatadi: silliq chiziqlar, oq rang, juda ko‘p nur va kutubxona markazidagi sferasimon auditoriya, kelajak to‘g‘risidagi fantastik filmlar binolarini eslatadi.

Екатерина Спрыскова

16 Noyabr 2017

  3828     0

Xitoyda fazoviy interyerga ega kutubxona ochildi. Фото №1

Kutubxona 33 700 kvadrat metr hududni egallagan. Kutubxonani loyihalashtirish va qurish bilan Gollandiyaning MVRDV​ arxitektura firmasi shug‘ullangan.

Xitoyda fazoviy interyerga ega kutubxona ochildi. Фото №2

Binxay kutubxonasining o‘ziga xos tomoni nafaqat uning arxitekturasi va interyer dizayni. Gap shundaki, Tyantzin munitsipaleti MVRDV oldiga qurilish uchun qat‘iy muddat, atigi 3 yil vaqtni qo‘ydi. Bu hajmdagi bino uchun bu juda kam vaqt bo‘lsada, arxitektorlar matonat bilan bu sinovga bardosh berdilar. Kutubxona o‘z muddatida qurib bitkazildi.

Xitoyda fazoviy interyerga ega kutubxona ochildi. Фото №3

​Qisqa muddatlar va dizaynerlar chetlashishi mumkin bo‘lmagan qattiqqo‘l usta-rejasiga qaramay, kutubxona tanqidchilarning barcha xavotirlarini ortda qoldirdi. Kutubxona tashqi ko‘rinishidan oddiygina va ko‘rimsiz, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘ladi degan taxminlar bor edi. Shu sababli loyihachilar binoning bir qismini ko‘z shaklida oynavand qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishdi. Ko‘chadan turib derazalar orqali kutubxona interyerini tomosha qilish mumkin.

Xitoyda fazoviy interyerga ega kutubxona ochildi. Фото №4

Binoning o‘zi besh qavat bo‘lib, dastlabki ikki qavatda 1,1 millionta kitobi bor kutubxona joylashgan. Ularning barchasi, bir vaqtning o‘zida o‘rindiqlar vazifasini bajaruvchi polkalarga joylashtirilgan. Shu tariqa kutubxonaning butun hududi bahaybat o‘qish zaliga aylantirilgan.

Xitoyda fazoviy interyerga ega kutubxona ochildi. Фото №5

Yuqoridagi qavatlarda konferents zallar, ofislar va kompyuterli auditoriyalar joylashgan. Toza havoda dam olishni istovchilar kutubxona tomiga ko‘tarilishlari mumkin.

Xitoyda fazoviy interyerga ega kutubxona ochildi. Фото №6
Xitoyda fazoviy interyerga ega kutubxona ochildi. Фото №7
Xitoyda fazoviy interyerga ega kutubxona ochildi. Фото №8
Xitoyda fazoviy interyerga ega kutubxona ochildi. Фото №9
Xitoyda fazoviy interyerga ega kutubxona ochildi. Фото №10
Xitoyda fazoviy interyerga ega kutubxona ochildi. Фото №11
Xitoyda fazoviy interyerga ega kutubxona ochildi. Фото №12
Xitoyda fazoviy interyerga ega kutubxona ochildi. Фото №13

Izohlar