Jidji Xadid myuli poyafzali kolleksiyasini chiqardi

Model «Stuart Weitzman» uchun poyafzal kolleksiyasini ishlab chiqdi.

16 Noyabr 2017        2240      0       Polina Agliamova

Моdel Jidji Xadid va poyafzallar va aksessuarlar ishlab chiqaruvchi Stuart Weitzman​ brendi, ikkinchi hamkorlikdagi kollaboratsiyani chiqarishdi. Kapsulali kolleksiya Rojdestvo bayramlariga bag‘ishlangan, deb xabar bermoqda​ Teen Vogue.

Jidji Xadid myuli poyafzali kolleksiyasini chiqardi. Фото №1

​Kolleksiyaga tumshug‘i uchli bo‘lgan uch xil rangdagi (to‘q ko‘k, to‘q sariq va kul rang) va Eyelove va Eyelovemore ko‘zlari tasvirlangan myulilar kiritilgan.

Jidji Xadid myuli poyafzali kolleksiyasini chiqardi. Фото №2

​​Kolleksiya 15 noyabr kuni savdogachiqarilgan. Narxlar — $498 dan Eyelove uchun, $598 gacha Eyelovemore uchun belgilangan. Jidji myulilarini barcha Stuart Weitzman butiklarida, riteylerlar Moda Operandi va Lane Crowford saytlarida xarid qilish mumkin.

Jidji Xadid myuli poyafzali kolleksiyasini chiqardi. Фото №3

​"Ko‘z — bu juda kuchli timsol bo‘lib, uni taqib (kiyib) yurganlarni negativ energiyadan himoya qilish uchun yaratilgan", — deb izoh bergan Jidji. Shuningdek, model savdodan tushgan foyda Pencils of Promise​ homiylik tashkiloti hisobiga, Gana, Gvatemala va Laosda uchta maktab qurish uchun ishlatiladi. ​

Jidji Xadid myuli poyafzali kolleksiyasini chiqardi. Фото №4
Jidji Xadid myuli poyafzali kolleksiyasini chiqardi. Фото №5

Izohlar