Foydalanish Kelishuvi

Barcha foydalanuvchilar ushbu sayt va uning xizmatlaridan foydalanar ekanlar, ushbu Foydalanish Kelishuvi shartlarini bajarishga majburdirlar. Agar siz Foydalanish Kelishuvining shartlari va qoidalariga rozi bo'lmasangiz, saytdan, saytda keltirilgan istalgan xizmatlar va dasturlardan, ularning tarkibidagi ma'lumotlardan foydalana olmaysiz.

  1. Terminlar va tariflar

    1. Tashrif buyuruvchi – pixland.uz domen zonasida joylashtirilgan ma'lumotga kirish huquqini olgan shaxs.
    2. Foydalanuvchi – saytda o'rnatilgan tartibda ro'yxatdan o'tgan saytga tashrif buyuruvchi.
    3. Sayt – integratsiya qilingan dastur-apparatli va texnik vositalarning, shuningdek pixland.uz domen zonasida joylashtirilgan, ma'lum bir matn, grafika yoki ovoz shaklida ko'rinadigan, Internet tarmog'ida joylashtirishga mo'ljallangan ma'lumotlarning yig'indisidir.
    4. Internet-sahifa (HTML-sahifa) – Saytning asosiy qismi sifatida Internet tarmog'ida chop etish uchun mo'ljallangan matn va grafika ko'rinishidagi axborot materiallarini dastur-apparat usulida integratsiya qilingan yig'indisi, Sayt sahifasi.
    5. Ro'yxatdan o'tish – Foydalanuvchining Sayt serverlarida saqlanadigan Shaxsiy va Autentifikatsiya ma'lumotlari.
    6. Kontent - Foydalanuvchi tomonidan o'z ixtiyori bilan va hech qanday moliyaviy maqsadlarni ko'zlamagan holda saytda va uning sahifalarida joylashtirilgan tasvirlar, matnlar, musiqa asarlari, adabiy asarlar, turli dasturlar (shu jumladan mobil qurilmalar uchun ham), audio fayllar, fonogrammalar, tovar belgilari, logotiplar, havolalar, ma'lumotlar, vidjetlar, gadjetlar va boshqa obyektlardir.
    7. Shaxsiy sahifa – Ro'yxatdan o'tish davrida Saytning dasturiy imkoniyatlari yordamida olingan Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotlarini o'z ichiga olgan internet sahifa.
    8. Shaxsiy ma'lumotlar – Foydalanuvchi tomonidan uning Shaxsiy sahifasida o'z ixtiyori va hech qanday moliyaviy maqsadlarni ko'zlamagan holda joylashtirgan, Foydalanuvchini avtorizatsiyadan o'tishini ta'minlovchi o'zi to'g'risidagi haqiqiy, to'liq va aktualligini yo'qotmagan ma'lumotlar. Ushbu ma'lumotlar Foydalanuvchi tomonidan Saytdan Ro'yxatdan o'tish davrida taqdim etiladi va quyidagi ma'lumotlar uning tarkibiga kiradi: Foydalanuvchining ismi, logini, elektron pochta manzili va foydalanuvchi o'zi to'g'risida ma'lum qilishni lozim topgan boshqa ma'lumotlar. Shaxsiy ma'lumotlar faqatgina sayt Foydalanuvchisining saytda avtorizatsiya bo'lishini ta'minlash maqsadida saqlanadi.
    9. Ro'yxatdan o'tish – Saytga tashrif buyuruvchining o'rnatilgan tartibda Saytga o'z ma'lumotlarini kiritish jarayoni. Ro'yxatdan o'tishga asoslanib, Ma'muriyat Foydalanuvchiga saytning maxsus imkoniyatlaridan foydalanish huquqini beradi.
    10. Avtorizatsiya – Foydalanuvchining Autentifikatsiya ma'lumotlarini Saytning dasturiy qismi tomonidan analiz qilish jarayoni. Analiz natijalariga ko'ra, Foydalanuvchining sayt imkoniyatlaridan va Foydalanuvchining Shaxsiy sahifasidan foydalanish huquqlari aniqlanai.
    11. Autentifikatsiya ma'lumotlari – Foydalanuvchining o'ziga xos, takrorlanmas identifikatori (login, e-mail).
    12. Ruxsat etilmagan kirish – Ro'yxatdan o'tmagan yoki avtorizatsiya bo'lmagan shaxsning Shaxsiy sahifaga kirishi, yoki noqonuniy ravishda ma'lumotlarni qo'lga kiritgan shaxs tomonidan saytda avtorizatsiyadan o'tish uchun yetarli bo'lgan ma'lumotlarni qo'lga kiritishidir.
    13. Ma'muriyat – Saytdan foydalanish tartibini o'rnatuvchi, Sayt ish faoliyatini boshqarish va Foydalanish kelishuvi shartlarini bajarilishiga javobgar bo'lgan Kompaniyaning mas'ul shaxslari.
    14. Kompaniya – Saytning huquqiy sohibi hisoblangan yuridik shaxs - "Afisha Media" OAJ.
    15. Qoidalar – Ushbu kelishuvda ko'rsatib o'tilgan, ushbu kelishuvning ajralmas qismi hisoblangan Saytdan foydalanish shartlari.
  2. Kelishuv predmeti

    1. Ushbu Foydalanish kelishuvi (keyingi o'rinlarda "Kelishuv"), Saytdan foydalanish qonun-qoidalarini belgilab beruvchi, Foydalanuvchi va Kompaniya o'rtasidagi yuridik kelishuv hisoblanadi.
    2. Saytdan ro'yxatdan o'tish orqali, Foydalanuvchi ushbu kelishuv va uning qoidalariga rozi ekanligini tasdiqlaydi.
    3. Foydalanuvchi Kelishuv va Qoidalarning biror bir bandidan norozi bo'lsa, shu onning o'zida Saytdan foydalanishni to'xtatishni o'z zimmasiga oladi.
    4. Sayt Ma'muriyati uhbu Kelishuvni va Qoidalar shartlarini istalgan vaqtda o'zgartirishi mumkin. Shu bilan birga Foydalanuvchi bo'layotgan o'zgarishlar bilan o'z vaqtida tanishishni o'z zimmasiga oladi.
    5. Saytda Ro'yxatdan o'tish bilan Foydalanuvchi ushbu Kelishuv bilan tanishish va uni qabul qilish uchun kerakli huquq va majburiyatlarga ega ekanligini, Kelishuvning barcha sartlarini bajarishi lozimligini tasdiqlaydi, Kelushuv shartlarini buzgan holatda, shuningdek saytdan foydalanayotgan vaqtda qonuniy munosabatlarga javobgar ekanligini tasdiqlaydi.
    6. Foydalanuvchi o'zi joylashtirgan Kontent hamda uni chop etilishi bilan bog'liq barcha harakatlar uchun shaxsan javobgar.
    7. Kontentni joylashtirar ekan, Foydalanuvchi ushbu Kelishuv shartlariga asosan joylashtirayotgan kontenti uchun barcha kerakli huquq va vakolatlarga ega ekanligini tasdiqlaydi.
    8. Foydalanuvchi Kontentni saytda joylashtirar eken, bu bilan saytning istalgan boshqa foydalanuvchisiga Kontentni ko'rish imkoniyatini berayotganini tasdiqlaydi.
    9. Foydalanuvchi Saytga kirish uchun berilgan parolini sir tutilishiga javobgardir. Agar saytga kirish uchun Foydalanuvchining paroli yo'qolgan bo'lsa yoki boshqa shaxslarga ma'lum bo'lgan bo'lsa, Foydalanuvchi darhol saytga kirish uchun berilgan o'z parolini o'zgartirishi lozim.
    10. Foydalanuvchi, uning nomidan bajarilgan (foydalanuvchining ro'yxatdan o'tish ma'lumotlari bilan) barcha xatti-harakatlar, Foydalanuvchi tomonidan bajarilgan harakat hisoblanishini va ular uchun Foydalanuvchi javobgar ekanligini ta'n oladi.
    11. Ma'muriyat istalgan vaqtda Foydalanuvchining ro'yxatdan o'tgan ma'lumotlarini sababli va besabab o'chirib tashlash huquqiga ega. Ma'muriyat Sayt Foydalanuvchilarining harakatlarini boshqarish huquqiga ega, lekin buni bajarish majburiyatini olmaydi.
  3. Foydalanuvchining huquq va majburiyatlari

    1. Foydalanuvchi uchinchi shaxslarning huquqlarini (shu jumladan mualliflik huquqlarini) poymol etuvchi, amaldagi qonunchilikka zid bo'lgan, xalq madaniyatiga qarama-qarshi bo'lgan, qo'pol, fitna, agressiv va haqoratomuz kontentni joylashtirmaslikni o'z bo'yniga oladi.
    2. Foydalanuvchi ushbu Kelishuv va Qoidalarga asoslanib Saytda Kontent joylashtirish huquqiga ega.
    3. Ro'yxatdan o'tish vaqtida, Foydalanuvchi o'zining ma'lumotlarini to'g'ri ko'rsatishga javobgar.
    4. Saytning maqolalari va izohlarida chop etiladigan barcha Kontentga nisbatan mualliflik huquqi amal qiladi. Boshqa manbalardan olingan materiallarda (agar ma'lumot olingan manbaa-saytda muallifning ismi ko'rsatilgan bo'lsa) muallif ismi ko'rsatilishi shart. Muallifni aniqlashning imkoni bo'lmagan holatlarda esa — kopirayt belgisi(ñ)ni ko'rsatishi shart. Internet tarmog'ida avval joylashtirilgan Ma'lumotlarga havolalarni ko'rsatish qo'llab-quvvatlanadi, muallif havola ko'rsatilishini talab qilgan holatlarda esa, havolani ko'rsatish majburiydir. Foydalanuvchi begonalarning matnlari va suratlarini o'z mehnat mahsuli deb e'lon qilmaslikka javobgar. Foydalanuvchi Kontentning qonuniy ekanligiga javobgar.
    5. Foydalanuvchi ushbu Kelishuv qoidalariga amal qilmagan taqdirda, O'zbekiston Republikasining amaldagi qonunchiligiga asosan javob beradi.
    6. Foydalanuvchi tomonidan, uchinchi shaxslarga, Saytning boshqa foydalanuvchilariga yoki Saytga zarar keltirilsa, Foydalanuvchi o'z hisobidan amaldagi qonunchilikka asosan keltirilgan zararni qoplaydi.
    7. Foydalanuvchi quyidagi holatlarda uchinchi shaxslar tomonidan norozilik e'lon qilinganda javobgar va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan moliyaviy yo'qotishlarni (zararlar, jarimalar, sudda to'lanishi kerak bo'lgan pullar va h.k.) qoplaydi. Lekin bu shikoyat qilgan shaxs talabiga ko'ra emas, ushbu Kelishuv bandlarida ko'rsatilgan qoidalarga asosan amalga oshiriladi. Foydalanuvchi Kompaniya egasini javobgarlar safida bo'lmasligi uchun barcha kerakli va imkoni bo'lgan harakatlarni amalga oshirishni o'z zimmasiga oladi.
    8. Foydalanuvchi O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida shaxsiy ma'lumotlar deb tan olinadigan ma'lumotlarni (ommaviy bo'lgan ma'lumotlardan tashqari) Saytda joylashtirmaslikni o'z bo'yniga oladi. Kompaniya egasi bunday ma'lumotlarni yig'maydi, qayta ishlamaydi va saqlamaydi. Bunday ma'lumotlar Saytda aniqlangan holatlarda ular darhol o'chirib tashlanadi, ma'lumotlarni joylashtirgan shaxsga nisbatan esa, ushbu Kelishuv, Qoidalar va amaldagi qonunchilikka asosan javobgarlik choralari ko'rilishi mumkin.
    9. Foydalanuvchi ushbu Kelishuvning va/yoki Qoidalarning biror bir bandidan norozi bo'lsa, o'sha zahotiyoq Saytdan foydalanishni to'xtatishni, Sayt sahifalariga kirmaslikni, ularda joylashtirilgan materiallardan foydalanmaslikni o'z zimmasiga oladi.
  4. Sayt Ma'muriyatining huquq va majburiyatlari

    1. Sayt Ma'muriyati Sayt Foydalanuvchilari o'rtasida yuzaga kelgan ziddiyatlarni ko'rib chiqish va hal qilish bilan shug'ullanmaydi, lekin boshqa Foydalanuvchilardan u yoki bu Foydalanuvchining Saytdagi noo'rin harakatlari to'g'risida asosli shikoyatlar kelib tushsa, ushbu Foydalanuvchining shaxsiy sahifasini blokirovka qilish yoki o'chirib tashlash huquqiga ega.
    2. Sayt Ma'muriyati Foydalanuvchi tomonidan o'z shaxsiy ma'lumotlarini e'lon qilgani uchun javobgar emas.
    3. Sayt Ma'muriyati Saytda joylashtirilgan Kontentni moderatsiya qilishga haqli, ammo bunga majbur emas.
    4. Sayt Ma'muriyati Foydalanuvchi joylashtirgan istalgan Kontentni, shu jumladan tasvirlarni, matnlarni, izohlarni ogohlantirmasdan va sababini tushuntirmasdan o'chirishga haqli.
    5. Sayt Ma'muriyati mualliflik huquqining bajarilishini nazorat qilmaydi va bu huquq Sayt Foydalanuvchilari tomonidan poymol etilgani uchun javobgar emas.
    6. Sayt Ma'muriyati Saytda joylashtirilgan kontent uchun hech qanday (aniq yoki nazarda tutilgan) kafolat bermaydi.
    7. Foydalanuvchi tomonidan ushbu Kelishuv shartlari, yoki amaldagi qonunchilik buzilsa, Sayt Ma'muriyati o'z huquqlaridan foydalangan holda Foydalanuvchi to'g'risidagi ma'lumotlarni (aloqa vositalarini, IP adresni yoki boshqa ma'lumotlarni) rasmiy so'rovga asosan manfaatdor shaxslarga taqdim etishi mumkin.
    8. Sayt Ma'muriyati Foydalanuvchining Saytda amalga oshirgan harakatlari to'g'risidagi ma'lumotlardan Sayt ish faoliyatini yaxshilash maqsadida foydalanishi mumkin.
    9. Sayt Ma'muriyati Foydalanuvchi o'zi to'g'risidagi ma'lumotlarni noto'g'ri yoki to'liq ko'rsatmagan ekanligi uchun yetarli asos bo'lgan holatlarda, istalgan shaxslarga Saytga kirishni ta'qiqlash huquqiga ega.
    10. Foydalanuvchi tomonidan ushbu Kelishuv yoki Qoidalar buzilgan holatda Sayt Ma'muriyati Foydalanuvchining Ro'yxatdan o'tgan ma'lumotlarini o'chirib tashlashga haqli.
    11. Sayt Ma'muriyati Saytdan foydalanishga nisbatan istalgan cheklovlarni barcha uchun yoki alohida olingan foydalanuvchilar uchun sababini aniqlashtirmasdan chegaralash huquqini o'z ixtiyorida qoldiradi.
    12. Sayt Ma'muriyati yoki kompaniya egasi Foydalanuvchini ogohlantirmasdan Saytni yoki uning biror bir qismini o'zgartirish, sayt faoliyatini to'xtatib turish yoki butunlay o'chirib tashlash huquqini o'z ixtiyorida qoldiradi.
    13. Sayt Ma'muriyati kerakli texnik resurslarda profilaktik va remont ishlarini o'tkazish uchun Foydalanuvchining Saytga kirishini to'xtatib turish huquqiga ega.
    14. Kompaniya egalari Foydalanuvchi oldida Saytdan to'liq foydalanish imkoni bo'lmasligi, saytning vaqtinchalik ishlamasligi yoki sekin ishlashi uchun javobgar emas va bu holatlar bilan bog'liq Foydalanuvchining moddiy yo'qotishlarini qoplab bermaydi.
    15. Sayt Ma'muriyati Shaxsiy ma'lumotlarni sir tutilishini ta'minlaydi. Foydalanuvchining ma'lumotlari, uning o'zi ularning o'chirilishini talab etmaganga qadar yoki Foydalanuvchining o'z ro'yxatdan o'tish ma'lumotlaridan 12 oydan ortiq foydalanmagan holatda, Ma'muriyatning ixtiyori bilan (Foydalanuvchini ro'yxatdan o'tish davrida ko'rsatgan elektron pochta manziliga ogohlantirish jo'natgandan so'ng) o'chirib tashlashi mumkin.
  5. Mualliflik va boshqa intellektual huquqlar

    1. Saytda kontent joylashtirish bilan, Sayt Foydalanuvchisi ushbu ma'lumotlarga nisbatan barcha huquqlarga ega ekanligiga kafolat beradi va bu ma'lumotlar ommaviy serverlarda joylashtirilishi, bu ma'lumotlarni istagan odam dunyoning hohlagan chekkasidan ko'ra olish imkoniyatiga ega ekanligini va bu ma'lumotlarni Saytda ishlatilishiga qarshi chiqmasligini ta'minlaydi.
    2. Saytning xizmatlari va dasturlari Foydalanuvchilarni boshqa sayt va resurslarga yo'naltirishi mumkin. Sayt, boshqa sayt va resurslar faoliyatini nazorat qilmasligi sababli, Foydalanuvchi bunday sayt va resurslarga kirish va ulardagi ma'lumotlar, shu jumladan ularda joylashtirilgan reklama materiallari uchun Sayt javobgar emasligini ta'n oladi.
    3. Foydalanuvchi uchinchi shaxslarning mualliflik huquqlarini, shuningdek barcha mol-mulk huquqlarini poymol etadigan istalgan Kontentni Saytda joylashtirish huquqiga ega emas.
    4. Foydalanuvchi agar avvaldan, u joylashtiradigan ma'lumotlar Kompaniyaga ma'naviy va moddiy zarar keltirishi, uning obro'sini poymol etishini, yoki ma'lumotning joylashtirilishi kimningdir huquqini poymol etishini bilsa, bunday ma'lumotni Saytga joylashtirish ta'qiqlanadi.
  6. Javobgarlikning chegaralanishi

    1. Sayt Ma'muriyati bu saytdan foydalanuvchilarning qanday yo'l bilan bu saytga kirishlari yoki uning yordamida turli sayt xizmatlaridan foydalanishlarini nazorat qilmaydi va Foydalanuvchilarning bu saytdan foydalanishlari oqibatida kelib chiqishi mumkin bo'lgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi. Shuningdek, Saytda joylashtirilgan Kontent Foydalanuvchilarga va saytga tashrif buyuruvchilarga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko'rsatishi, Sayt Foydalanuvchilari saytda joylashtirilgan ma'lumotlarni qay tarzda talqin qilishlarini nazorat qilmaydi. Sayt, uchinchi shaxslar uchun qo'rqinchli yoki nomaqbul bo'lgan ma'lumotlarga ega boshqa sayt va resurslarga havolalarga ega bo'lishi va Foydalanuvchini bunday saytlarga yo'naltirishi mumkin. Kompaniya egasi, Saytning xizmatlari va dasturlari orqali bunday saytlarga o'tilgan holatda, ushbu saytlarda joylashtirilgan ma'lumotlar uchun javobgar emas. Shuningdek, bunday saytlarda joylashtirilgan ma'lumotlarning qonuniy joylashtirilganiga va uchinchi shaxslarning mualliflik huquqlari saqlanganiga javobgar emas.
    2. Ma'muriyat va Kompaniya egasi, Sayt foydalanuvchilariga taqdim etilayotgan ma'lumotlar mahfiyligini saqlash bo'yicha hech qanday majburiyatlarni olmaydi. Lekin shu bilan birga amaldagi qonunchilik buni talab etmasa yoki maxsus kelishuv bo'lmasa, ma'lumotlar mahfiyligini saqlash uchun barcha mumkin bo'lgan harakatlarni amalga oshiradi.
  7. Boshqa holatlar

    1. Ushbu Kelishuv, Foydalanuvchi Saytdan ro'yxatdan o'tishi bilan kuchga kiradi va Saytdan foydalanishning butun davrida amal qiladi. Tomonlar, ushbu Kelishuvning shartlari, u amaliy kuchga kirguniga qadar yuzaga kelgan holatlarga nisbatan ham qo'llanishiga kelishadilar.
    2. Ma'muriyat va Kompaniya egasi Saytda joylashtirilgan Kontent uchun javobgar emas. Shuningdek, Kompaniya egasi quyidagi holatlar yuzaga kelganda javobgar emas:
      1. Kontentning noto'g'ri yoki to'liq emasligiga;
      2. Saytdan foydalanish vaqtida yoki uning ish faoliyati to'xtatilgan vaqtda yuzaga kelgan istalgan xarakterdagi zararlar uchun;
      3. Saytning ish faoliyati buzilishi natijasida Shaxsiy ma'lumotlarning tarqalishiga.
    3. Sayt ma'muriyati ushbu Kelishuvga istalgan vaqtda o'zgartirishlar kiritishga, bu o'zgarishlarni saytda chop etish yo'li bilan amalga oshirishga haqli.
    4. Foydalanuvchi Saytga Kontentni o'z ixtiyori bilan joylashtiradi, shu bilan birga Kontentga nisbatan mavjud bo'lgan o'z intellektual va boshqa huquqlarini saqlab qoladi.
    5. Foydalanuvchi Kontentni Saytga joylashtirar ekan, bu bilan Kompaniya egasiga bu Kontentni yoki uning biror bir qismini, Foydalanuvchiga hech qanday moddiy to'lovlarni amalga oshirmagan holda ko'rsatish, o'zgartirish, saqlash, moslashtirish, arxivlash, tarjima qilish, chop etish va boshqa harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini berishini tasdiqlaydi.
    6. Foydalanuvchi Saytning barcha bo'limlari yagona ob'ekt sifatida Kompaniya egasiga tegishli ekanligini tan oladi.
    7. Ushbu Kelishuvni qabul qilar ekan Foydalanuvchi, o'zining quyidagilarga rozi ekanligini tan oladi:
      1. Kontentni joylashtirishi bilan Foydalanuvchi Saytning hammuallifiga aylanmaydi va kelajakda bunday mualliflikka davogarlik qilishdan voz kechadi;
      2. Kompaniya egasiga Kontent uchun bo'lgan biror bir huquqni bergandan so'ng, Foydalanuvchi bu Kontentni qaytarib olishga haqli emas.
    8. Foydalanuvchi tomonidan aynan Saytda joylashtirish uchun yaratilgan Kontent saytga joylashtirilgan taqdirda, bunday Kontent uchun mualliflik huquqi, agar Foydalanuvchi va Kompaniya egasi o'rtasida boshqa kelishuv bo'lmagan bo'lsa, Foydalanuvchida qoladi.
    9. Saytdan va unda joylashtirilgan Kontentdan, faqatgina shaxsiy maqsadlarda tanishish va foydalanish mumkin. Tegishli huquqlarga ega shaxslarning roziligisiz Saytda joylashtirilgan Kontentni ko'chirish, ishlatish, turli yo'llar bilan tarqatish, nusxa olish, ommaviy ko'rsatish, efirga uzatish, tarjima qilish, qayta ishlash yoki boshqa istalgan ko'rinishda foydalanish taqiqlanadi. Mualliflarning va huquq egalarining mulkiy va nomulkiy huquqlarini buzuvshi shaxslarga nisbatan amaldagi qonunchilikka asosan fuqarolik huquqi, ma'muriy yoki jinoiy huquq normalari qo'llanilishi mumkin.
    10. Sayt ma'muriyati va Kompaniya egasi Saytda joylashtirilgan Kontentning o'zgarmasligiga va saqlanishiga hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi.
    11. Ushbu Kelishuvning Foydalanuvchi tomonidan Kontentga bo'lgan huquqni topshirishga tegishli shartlari, ushbu Kelishuvning amal qilish muddati yakunlangandan keyin ham o'z kuchida qoladi.
    12. Sayt Ma'muriyati yoki Kompaniya egasi, ma'lum bir davrda Foydalanuvchidan ushbu Kelishuvning biror-bir bandi bajarilishini talab etmasligi, Sayt Ma'muriyatining yoki Kompaniya egasining bu shartlar bajarilishini kechroq talab qilish huquqidan mahrum etmaydi. Huddi shunday, ushbu Kelishuv shartlarining Foydalanuvchi tomonidan bajarilishiga qaratilgan choralar kechroq ko'rilishini ham.
    13. Kelishuvning amal qilish muddati tugagandan so'ng, Kompaniya egasi Kontent uchun taqdim etilgan barcha huquqlar egasi bo'lishda davom etasi va Kontentni ishlatgani uchun Foydalanuvchiga hech qanday haq to'lash majburiyatini olmaydi.
    14. Ushbu Kelishuvning hech qaysi shartlari, Sayt Ma'muriyatining, Kompaniya egasining yoki Foydalanuvchining shu kabi kelishuvlarni istalgan boshqa shaxs bilan tuzish huquqini chegaralamaydi.
    15. Ushbu Kelushuvning biror bir bandi yoki shartlaridan birining qonuniy kuchga ega emas deb tan olinishi, Kelishuvning boshqa istalgan bandlari yoki shartlarining qonuniy kuchga ega emas deb tan olinishiga asos bo'la olmaydi.
    16. Foydalanuvchi, biror bir bahs-munozarali holat yuzaga kelganda, bahs O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan hal qilinishiga o'z roziligini bildiradi.
    17. Foydalanuvchi, uni ohoglantirmagan holda va Foydalanuvchiga hech qanday tovon to'lamasdan, Saytda taqdim etiladigan Kontent tarkibida reklama bo'lishiga o'z roziligini bildiradi. Shu bilan birga, Foydalanuvchi reklama ko'rsatilishiga qarshilik ko'rsatmasligiga kafolat beradi. Foydalanuvchi, Ma'muriyat va Kompaniya egasi bunday reklama materiallari uchun javobgar emasligini va reklama joylashtirilishi natijasida Foydalanuvchiga biror bir zarar yetgan taqdirda Ma'muriyat va Kompaniya egasi aybdor emasligini tan oladi.
    18. Foydalanuvchi, Ro'yxatdan o'tish vaqtida ko'rsatgan o'z elektron pochta manziliga Ma'muriyat tomonidan kerakli ma'lumotlar, yangiliklar va reklama havolalari mavjud xatlar olishga roziligini tasdiqlaydi.
  8. Agar siz ushbu Kelishuvning biror bir bandiga rozi bo'lmasangiz, Sayt imkoniyatlaridan foydalanish va Pixland.uz domen zonasida joylashtirilgan sahifalarga kirish huquqiga ega emassiz. Shu sababli, ushbu Kelishuv va Qoidalarga rozi bo'lmasangiz darhol Saytimizni tark eting.
  9. Ushbu kelishuv va Qoidalarning amaldagi tahriri bilan Qoidalar va Litsenziya kelishuvi bo'limida tanishishingiz mumkin. Ular quyidagi havolada joylashtirilgan: www.pixland.uz/page/licence/

Kelishuv 2015 yil 23 fevralda yangilangan.